Samimiyatga yo‘g‘rilgan uchrashuv
Talabalarning ota-onalari bilan muntazam muloqot o‘rnatish ularning tarbiyasi masalasida e’tiborlidir. O‘quv jarayonida tarbiyaning ta’siri seziladi, albatta. Tarbiyasiz berilgan bilim jinnining qo‘lidagi qilichdir. Ahli donishlarning ushbu mulohazasida ulkan mazmun yashiringan.
2018 yil 23-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti dekani Z. Muqimov, 2 kurs dekan muovini S. Xikmatullaev va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs iqtidorli talabalar va guruh murabbiyi O‘. Islomovlar tomonidan “Axborat soati”da “Ota-onalar bilan samimiy uchrashuv” tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet professor o‘qituvchilari va ota-onalar ishtiroq etishdi. Uchrashuvda kafedra mudiri Q. Raxmonov va o‘qituvchi N.To‘xtaeva so‘zga chiqib ota-onalar bilan suhbatlashishdi. Tadbir davomida ota-onalardan Sirdaryo viloyatidan tashrif buyurgan Xayitova Nasibali opa va Namangan viloyatidan tashrif buyurgan Usmonova Saodat opa so‘zga chiqishib o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Tadbir chog‘ida fakultet dekani Z. Muqimov barcha ota-onalarga institutimiz rektori nomidan TAShAKKURNOMAlarni topshirdi.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasining assistenti Islomov O‘tkir Pirmetovich axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov