San'atkorlik va pedagoglik mahorati
San'at va fanni o'z faoliyatida uyg'un qila olgan, hofizlik va olimlik quvvatini qalbiga jo eta olgan ustoz Hojiakbar Hamidov serqirra insondir. 10 aprel kuni 2 - TTJda tarix fanlari doktori, professor "Turon" fanlar akademiyasining vitse prezidenti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Hojiakbar Hamidov bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Hojiakbar Hamidov O'zbekiston tarixi va talabalar taklifi bilan ijodiy faoliyatlari haqida gapirib berdilar. Ustoz talabalarni vaqtdan unumli foydalanishlarini har bir daqiqa oltinga tengligini ta'kidlab o'tdilar. GIM, QSXEA fakulteti talabalari o'z savollari bilan faol qatnashishdi.
2-TTJ tarbiyachi - pedagogi, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov