She’riyat kechasida
Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997 yilning 1 avgustida vafot etgan.
Hassos shoir — Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo‘lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo‘li sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qoldi.
2018 yil 28 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari Maxbuba Xayitova, Davron Yulchiev, Saltanat Qasimbetova, Gulnora Axmedjanova, Dolidudko Aleksandr hamda tarbiyachi-pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazishdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning she’rlaridan talabalar yoddan o‘qib berishdi.
4 –TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov