Akademik Mirziyod Mirsaidov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod Gidromelioratsiya kasb – hunar kollejida uchrashuv o‘tkazdi

Bu uchrashuvda kollejning iqtidorli o‘quvchilari, kollej direktori G.Xaydarova, Sirdaryo viloyat o‘rta maxsus KHTB boshlig‘i o‘rinbosari B. Hakimjonov va TIQXMMI professori T.Mavlonovlar qatnashdilar. Uchrashuvni kollej direktori  G.Haydarova  kirish so‘zi bilan  ochib, akademik M.Mirsaidovga so‘z berdi.

M.Mirsaidov o‘z so‘zida Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Kelajakda ularni ilm fanning yuqori cho‘qqilarini egallab, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun  faol xizmat qiladigan, yetuk olim bo‘lib yetishishlari uchun o‘quvchilar  o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilishi kerakligi haqida gapirildi.

Buni amalga oshirish  uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk bo‘lishi uchun esa chet tillarini bilishi  va kitoblarni ko‘p o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi.

Kollej o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan M.Mirsaidovga  bir qancha savollar berildi.

Bu  savollarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ldi: Sirdaryo viloyatida qachon irrigatsiya tizimi yaxshilanadi, kollejimiz atrofi botqoq bo‘lib yotipti, shu yerga vertikal drenaj o‘rnatib botqoqni quritsa bo‘ladiku, melioratsiya tizimini takomillashtirishga ajratilgan pullar qaerga ketyapti, yer osti suvini pasaytirish bo‘yicha sizning institutingizda qanday ilmiy ishlar bajarilyapti, tomchilatib sug‘orish bo‘yicha hozirgi kunda nima qilingan, suvni tejash bo‘yicha qanday ishlar olib borilayapti, kelgusida Respublikamizda suv tanqisligi bo‘lishi mumkinmi, O‘zbekistonda shamol  energiyasidan foydalanish bo‘yicha qanday ishlar bajarilmoqda, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qaerda quriladi, shuni qurish kerakmi, kelajakda sizning nstitutingizga  kirish uchun nima qilish kerak, institutingizda qanday fakultetlar bor, olim va akademik bo‘lish uchun nima qilish kerak,davlat grantida (byudjetda) o‘qish uchun nima qilish kerak, harbiy bo‘lish uchun nima qilish kerakdegan savollar bilan birga boshqa fizikaga, matematikaga oid bir qancha savolarni berishdi.

Kollej o‘quvchilari va o‘qituvchilar tomondan berilgan barcha savollarga  M.Mirsaidov  to‘liq  javob berishga harakat qildi.

Biz bilan borgan prof.T.Mavlonov kollej o‘quvchilariga ma’naviy-ma’rifiy va odob-axloqqa oid ko‘p foydali maslahatlar berdi.

O‘z savollariga yetarli javoblar olgan uchrashuv qatnashchilarining kayfiyatlari ko‘tarilib, kollejning faol o‘quvchisi Fotima Najmiddinova bizga Muhammad Yusuf she’rlaridan o‘qib berib bizni juda xursand qildi.

Bizning fikrimizcha uchrashuv  qiziqarli tarzda,  yuqori saviyada o‘tdi, bo‘lgan  uchrashuvni  o‘quvchilar ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan qabul qilishdi. Uchrashuv qatnashchilari Prezidentimizga  yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar.

Bu suhbatlardan keyin viloyat o‘rta maxsus KHTB boshlig‘i o‘rinbosari B.Hakimjonovva kollej direktori G.Haydarova Prezidentimizning ishonchi yoshlar tomonidan albatta oqlanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv tugagandan keyin ham  kollejning bir nechta  a’lochi o‘quvchilari bizning oldimizga kelib, maslahatlar olishdi.

Esdalik uchun uchrashuvda qatnashgan faol yoshlar bilan rasmga tushildi.

 

 

O‘MB Xodjaev D.