Sug‘orishning samarador usullari

Bugun 27 fevral 2018 yil institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Matyaqubov Baxtiyar Shamuratovich 2 juftlikda 2 kurs 8-9-9A guruh talabalariga “Sug‘orish usullari va texnikasi. Sug‘orish usullarini qo‘llash shartlari”  mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.Ochiq ma’ruzada TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Soliev Baxodir Komilovich, Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fatxulloyev, Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish fakulteti dekani Akbar Gapparov, O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

O‘qituvchi o‘z ma’ruzasini boshlar ekan, avvalo yer ustida sug‘orish texnologiyasining qo‘llashning afzalliklari va kamchiliklarini birma-bir tushintirib o‘tildi.

Talabalar ma’ruza davomida mavzuga doir ko‘rgazma materiallar orqali  “Yer ustida sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha:

  • Sug‘orishni sifonlar orqali boshqarish;
  • Egatga plyonka yotqizib sug‘orishni tashkil qilish;
  • Sug‘orish quvurlaridan foydalanish(doimiy, ko‘chma egiluvchan va qattiq quvurlar);
  • Nov kanal tizimini loyihalash; O‘zi ishlaydigan naycha quvurlarni loyihalash;
  • Avtomatlashtirilgan novlarni ishlatish;
  • Nishabsiz maydonlarda egat olib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish;
  • Suv hisob-kitobini yuritishni yo‘lga qo‘yish;
  • Dalada aylanma sug‘orishni tashkil qilish kabi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Darsning so‘ngida o‘qituvchi talabalar bilan dunyoda sug‘orish tizimida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar haqida fikr almashdilar.

 

 

O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti