Sumalak saylida
Tabiat va jamiyatning uyg’unligini navro’ziy noz-ne’matlaridan ham bilish mumkin. Boboquyosh va Momoyerning muruvvati va saxovati bois insonning rizqi ulashiladi. O’shal onda odamzot ruhiyati va kayfiyatida ishonch tuyg’usi, el-yurt manfaati uchun xizmat qilish hissi ustuvorlik qiladi.
Hashar elga yarashar. “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 2 kurs talabalari hamda professor-o'qituvchilari birgalikda 18 mart kuni “Olmas” mahallasida bo’lgan hashar va sumalak sayilida qatnashishdi.
Yurtimizdagi hasharga talabalar o‘z hissalarini qo’shishib mahalla qariyalari duvosini olishdi.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi Islomov O'tkir Pirmetovich axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov