Suv oqimining ochiq o‘zandagi notekis harakatining diffirensial tenglamasi
Bugun 29 mart institutimiz 3 kurs talabalariga Gidravlika gidroinformatika kafedrasi professori Arifjanov Aybek Muxammadjanovich “Suv oqimining ochiq o‘zandagi notekis harakatining diffirensial tenglamasi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Qurilish” fakulteti dekani Babaev Asqar Ruzibadalovich, institut Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fatxulloev, Gidravlika gidroinformatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-metodika boshqarmasi boshlig‘i v.b. Dadaxon Xodjaev hamda metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.
Professor ma’ruzasi avvalida talabalar bilan birgalikda Notekis harakat differensial tenglamasini “tushinib olishdi”, so‘ngra prizmatik kanallar uchun tenglama ko‘rinishini bosqichma bosqich tushintirib berdi. Ma’ruza mobaynida talabalar o‘zlariga tushinarsiz bo‘lgan tenglamani ustoz yordamida alohida-alohida ishlab tushinib oldilar. Ma’ruza so‘ngida talabalarga Konseptual jadval tuzish vazifa berildi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti