Tafakkur o‘yini

Sport  musobaqalari ichida faqat jismoniy kuchni sinashga emas, balki aqliy, intellektual qobiliyatni aniqlashga qaratilgani ham mavjud. Shaxmat va shashka o‘shanday o‘yinlardandir. Fikrlash doirasi kengayishida, mantiqiy mushohada yuritishga chog‘lashda uning xizmatlari beqiyos. Qaysini yursangiz qanday natija bo‘ladi. Qaysi donachani yursak, yutish imkoniyatlarimiz kengayadi deya mulohaza yuritish tafakkur dunyosining kengligiga bog‘liq. Bu esa ana shu sport o‘yinlarida asqotadi.

2018 yil 12 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli  o‘tkazish maqsadida tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov hamda  “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talabalari Shaxzod Egamov, Amonov Oxunjon, Azizjon Zokirov, Bektemir Begdullayevlar  tashabbusi bilan   sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa qatnashchilarning qiziqishi va maroqli dam olishiga xizmat qilgani bilan xarakterlandi.

4 –TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov