TALABALIKNING OLTIN DAVRI
Inson umrining har bir oni mazmunli, quvonchli o‘tsagina o‘zini baxtiyor sezadi. Ayniqsa, yillar davomida tayyorgarlik ko‘rib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib Oliygoh talabasi bo‘lgan talabalar uchun “TALABALIKNING OLTIN DAVRI” bir umrlik ajoyib xotiralar bo‘lib qoladi. Insoniyat kelajagi, haqida so‘z ketganda so‘z aynan talabalar xususida boradi. Bu bejizga emas. Ertaning egalari, insoniyatning qay yo‘ldan ketishi, qanday yutuqlarga erishishi aynan ularga bog‘liq desak adashmaymiz. Axir ular jamiyatning eng oqil, dono qismi. Dunyodagi jamiki talabalar, shu jumladan bizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ham aniq maqsadlar bilan, yuksak orzular, quvonchlar ila institut talabalari safidan joy olishdi. Shu maqsadda talabalarga quvonch, o‘zgacha bir shukuh bag‘ishlash niyatida, institutimiz rektori tashabbusi bilan institutimizning asosiy kirish eshigi hamda institut talabalar turar joyi binosiga “ I ❤ TIIAME” yozuvli maketlari o‘rnatildi. Asosiysi institutimiz hududiga o‘rnatilgan “Quvonch” barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab turibdi.
Xo‘sh nega aynan “ I ❤ TIIAME”? institutda talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shinam va zamonaviy auditoriyalar, qulay hamda kerakli barcha adabiyotlar bilan boyitilgan axborot resurs markazi, keng va yorug‘ talabalar turar joyi. Shuningdek, turli tadbirlar intellektual shoular tashkil etilishi, talabalarning har sohada 4-6 yillik umri mazmunli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Insonki, bir maqsad yillab umrini sarflab, unga erishgan ekan, demak shuning o‘ziyoq uni hurmat qilishga arziydi. Odamlar bor, har soatda maqsadini o‘zgartirib turadi. Anglash lozim bo‘lgan haqiqat shuki – jamiyatda o‘z o‘rnini topa olish uchun inson avvalo, Ustozlar bilimidan bilim olishi, qunt bilan o‘qishi, izlanishi, ta’lim bergan, kelajak sari yo‘l ko‘rsatgan dargohini, yurtini sevishi lozim. Barcha talabalarga muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, “engil imtihonlar” va ko‘plab quvonchli damlarni tilab qolamiz. O‘zbekistonga kerakli mutaxasiss bo‘lib yetishish uchun o‘qishdan tolmang!
Institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva ma’lumoti