Xotira-abadiy, qadr-muqaddas

Inson xotirasi bilan aziz sanaladi, millat xotirasi va tarixi bilan ulug‘lanadi. Ikkinchi jahon urushi bizning millatimiz uchun ham ko‘p xotiralarni esdalik qilib qoldirgan. G‘alaba kuni-bizning mard, yengilmas va olijanob xalqimiz buyuk G‘labani ta’minlashda beqiyos hissa qo‘shgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Urush faxriylariga bo‘lgan e’tibor esa mamlakatimizda yuksak qadrlanadi. G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Institut hamda Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti o‘zaro hamkorlikda bir guruh urush va mehnat faxriylari holidan habar olishib, ularga sovg‘alar topshirdilar. Faxriylarimiz Institut tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan hursandliklarini aytgan holda ko‘p-ko‘p duolar qilib, Institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Institut KUQ xodimi U.Manzirboev axboroti