Timsollar tilsimi
“Ibratli, ijodkor insonlar” ruknidagi ijodiy muloqotning mavzusi “Ramzlarda aks etgan ma’no” (me’moriy obidalardagi naqsh va bitiklardagi tilsimlar) deb nomlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mehmonimiz Rossiya xalqaro pedagogik ta’lim fanlari akademiyasi va Gresiyaning “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi, “Amaliy san’at” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professori Bulatov Saidaxbor Sobitovich bo‘ldi.
Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalargacha bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir mazmunidagi birinchi prezidentimizning o‘gitlari hamon yodimizda.
Ko‘p yillardan buyon ana shu mashaqqatli mehnatning fidoyilaridan biri sifatida S. Bulatovning xizmatlari katta. Ular Sherdor madrasasi bezaklarining sirli olami bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berdilar.
Samarqand. Registon ansambli (1417 – 1660)1.Ulug‘bek madrasasi(1417-1422). 2.Sherdor madrasasi (1619-1636). 3.Tillakori madrasasi (1646-1660). Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridagi bitiklar kufiy, suls, nasta’liq usulida Qur’oni karim oyatlari va xadislardan iborat. Bu dunyoda chiroyli ish qilganlar uchun chiroyli mukofot bo‘lur. (Qur’oni karim naxl surasi 30 oyat). “Olim bo‘l yoki o‘rganuvchi bo‘l, tinglovchi bo‘l yoki (ilm ahlini) yaxshi ko‘ruvchi bo‘l” (Hadis)
Ilm ibodatdan afzaldir...
Yaxshilik qilish, yomon falokatdan asraydi.
Dunyo o‘zi bir lahzadir , uni toat bilan o‘tkazgil.
Ilm- dunyoda izzat va oxiratda sharaf keltiradi.
«Yalangto‘shbiy Bahodir Saidqul o‘g‘li, Yalangto‘shbiy, Yalangto‘shbiy otaliq (1578.15.08–1656 yil) Nurotada Samarqand – ashtarxoniylar davridagi harbiy-mulkdor zodagonlarning yirik vakili. Olchin qabilasidan. Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. 1626 yildan Samarqand hokimi. Shu yili unga otaliq unvoni beriladi».
Bizning ilmiy farazimizcha, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi qanosida tasvirlangan yulduzsimon shakllardagi gulli, girihli bezak kompozitsiyasida Mirzo Ulug‘bek galaktikalarning to‘rsimon, bir-biri bilan zanjirsimon, umumiy o‘zaro tortishish kuchi bilan bog‘langan cheksiz gravitatsion sistemalar tizimini, ya’ni dunyo xaritasi o‘z aksini topganligi ma’lum bo‘ldi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.