Tinchlik va osoyishtalik ulug‘ ne’mat
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining tashabbusi bilan 2018 yil 23 noyabr kuni “Respublika Mustaqilligini himoya qilish va diniy ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida olib borilgan tadbir IIV malaka oshirish instituti qoshidagi “Jinoyatchilikka qarshi kurash” kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik Babaev Akmal Abdukarimovich hamda “Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash" kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik Rasulev Ulug‘bek Erkinovich va bir nechta IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Seminarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot o‘tkazish kabi usullarda amalga oshirilishini e’tirof etishdi. Ayniqsa, internet tarmog‘ida o‘zini “Islom davlati” (IShID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go‘yoki islom ravnaqi yo‘lida kurashayotgan “Mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ‘ibot-tashviqot keng ko‘lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etish da’vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo‘shilayotganini afsuslanarli holdir.
Taassufki, yoshlarning muayyan qismi IShIDni haqiqatda ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda adolat o‘rnatishni maqsad qilgan tashkilot deb o‘ylashgan.
Bunday fikrlovchilar Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda ham bor ekani ham ayanchlidir. Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni go‘yoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashayotgani tadbirda aytib o‘tildi.
Yana ta’kidlash joizki, tinchlikni ulug‘ ne’mat deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda nafaqat amal bilan, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo‘lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni e’tiqodan qo‘llab-quvvatlashlari va qo‘lidan kelgancha yordam berishlari lozim.
Tahdidlarning oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday chora-tadbirlar sabab yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini ko‘ngildagidek ado etmoqdalar. Shu sababdan yurtimizga qarshi g‘alamislik qilishga harakat qiluvchi, go‘yoki dindorlarga tazyiq qilinmoqda degan tuhmat tarqatayotgan kimsalarga nisbatan shafqatsiz bo‘lish kerak.
Zero, Payg‘ambarimiz marhamat qilganlaridek: “Haqiqiy musulmon bu - musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lishliklaridir”.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan biridir. bo‘lib qolmog‘i lozimdir. Savol-javoblar yo‘sinida o‘tgan tadbirdan talabalar mamnun bo‘lishdi va o‘ziga kerakli xulosalar chiqazishdi.
Seminarda terrorizm yo‘liga adashib kirgan yoshlarni video roliklari taqdim etildi va talabalar o‘zgacha taassurotga ega bo‘lishdi.
“Respublika Mustaqilligini himoya qilish va diniy ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida olib borilgan tadbirga mas’ul shaxs bosh murabbiy sifatida Gulnoza Ergasheva bo‘ldi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov