To‘ylar haqida o‘ylar
Har bir xalqning madaniyati, rasm-rusum va urf odatlari bo‘ladi. U o‘ziga xos tarzda tashkil etiladi. Keyingi paytlarda to‘y berish orqali o‘zini ko‘rsatish ortiqcha sarf-xarajat va chiqimlarga yo‘l qo‘yish kabi noxush hodisalar kishi dilini ranjitadi. To‘y marosimlarni tartibga solish bo‘yicha qator qaror va farmoyishlar chiqarilgan bo‘lsa-da, baribir uni muayyan izga solishda oqsash bo‘layapti.
2018 yil 27-aprelda institutda ta’lim olayotgan “Gidrotexnika qurilishi”, “Suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining talaba qizlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018-yil 3 - martdagi 03/1-467-son topshiriq xatidagi "To‘ylar, oilaviy tantanalar va ma’rakalarni ixcham o‘tkazish" yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatiga “Gumanitar fanlar” kafedrasining professor-o‘qituvchi ayollari (G.Xudayberdieva, O.Shermuxammedova , M.Turdibaeva, X.Botirova ) “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti xotin-qizlar kengashining raisi F.Yunusovalar qatnashib, talabalarga ushbu mavzu yuzasidan tushunchalar berib o‘tdilar. Yuridik fanlar nomzodi G.Xudayberdieva Ushbu mavzu yuzasidan Oliy majlis senatining qarori loyihasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Zulfiya Xafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.