Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) xalqaro «University knowledge – 2018» tanlovining oliy ta’lim muassasalari reytingida TOP-10 ga kirdi
2018 yilning 20 mart kuni Moskva shahrida talabalar, magistrantlar, aspirantlar hamda doktorantlarning III xalqaro «University knowledge – 2018» tanlovi o‘tkazildi.
«University knowledge – 2018» tanlovining asosiy maqsadi talabalar, magistrantlar, aspirantlar hamda doktorantlar tayyorlash sifatini oshirish, Yevro Osiyo iqtidorli talabalarini tarmoqli o‘qitish va o‘qishdan tashqari ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovda 13 dan ortiq davlatning universitetlari ishtirok etdilar, jumladan, Rossiya, Xitoy, Belarussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Moldoviya, Polsha, Turkmaniston va boshqalar.
Tanlovda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktorantlari va magistrantlarining ilmiy ishlanmalari ham taqdim etildi. Tanlov yakuniga ko‘ra Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dunyo oliy ta’lim muassasalari reytingi TOR-10 ga kirdi:
1-o‘rin: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya);
2-o‘rin: Volgograd davlat jismoniy tarbiya akademiyasi (Rossiya);
3-o‘rin: Tinch okeani davlat niversiteti (Rossiya);
4-o‘rin: Shimoliy-Kavkaz federal universiteti (Rossiya);
5-o‘rin: “MISiS” texnologiya milliy tadqiqot universiteti (Rossiya);
6-o‘rin: Dog‘iston davlat universiteti (Rossiya);
7-o‘rin: P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va sog‘liq milliy davlat universiteti (Rossiya);
8-o‘rin: Sibir davlat aloqa yo‘llari universiteti (Rossiya),
Ye.A.Buketov nomidagi Karaganda davlat universiteti (Qozog‘iston);
9-o‘rin: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (O‘zbekiston);
10-o‘rin: Orenburg davlat universiteti (Rossiya),
Baranovich davlat universiteti (Belorussiya).
TIQXMMIning quyidagi doktorant va tadqiqotchilari «University knowledge – 2018» tanlovining fan tarmoqlari bo‘yicha g‘oliblari bo‘lishdi:
Texnika fanlari bo‘yicha:
1-o‘rin:
“Изменение климата и его влияние на сельскохозяйственные культуры в Узбекистане” mavzusidagi ilmiy ishi bilan 1 bosqich doktoranti - Pulatov Baxtiyor Alimovich.
“Методы регулирования и оценка ирригационного значения речных наносов” mavzusidagi ilmiy ishi bilan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistenti - Samiev Lukmon Naimovich.
“Конструкция мобильного мерного водослива с полигональным отверстием” mavzusidagi ilmiy ishi bilan 3 bosqich doktoranti - Choriev Jamshid Muzaffarovich.
2-o‘rin:
“Закономерности потока односторонне стесненного комбинированной дамбой” mavzusidagi ilmiy ishi bilan “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyasi” kafedrasi assistenti - Shukurova Sevara Egamkulovna.
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha:
1-o‘rin:
“Изменение свойств почв при использовании фитомелиорации” mavzusidagi ilmiy ishi bilan 1 bosqich doktoranti - Urazbaev Ilxom Kenesbaevich.
Pedagogika fanlari bo‘yicha:
1-o‘rin:
“Стратегии адаптации выпускников технических высших учебных заведений на рынке труда” mavzusidagi ilmiy ishi bilan 1 bosqich doktoranti - Mukumova Dilrabo Inatovna.
“Повышение квалификации как фактор конкурентоспособности специалиста” mavzusidagi ilmiy ishi bilan 1 bosqich doktoranti - Mustafaeva Durdona Asilovna.
Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz hamda barchaga oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishlarida omad tilaymiz!