Yoshlarning vatanparvarlik ruxida tarbiyalash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PQ-3528-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar

rejasi ijrosi yuzasidan

2018 yil 12 aprel soat 15:00 da TIQXMMIning 3- kurs talabalari ishtirokida (75 nafar talaba) Harbiy kafedrasi bilan “Yoshlarning vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularni jismoniy va ruhiy rivojlanishiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini samaradorligini oshirish” mavzusida “Yosh vatanparvarlar” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqani ochilish marosimida Harbiy kafedra mudiri podpolkovnik R.Minlishev so‘zga chiqib barcha talabalarga vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda har bir insonning o‘z ona yurti tarixi, madaniy obidalari, qadimiy shaharlari tarixi va ahamiyatini chuqur o‘rganish orqali yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi va har bir jamoaga harbiy-sport musobaqasida omad tiladi.

Musobaqa 100 metr, 10x10 metrga mokisimon yugurish, turnikka tortilish, arqon tortish va gaz niqob va umumqo‘shin himoya komplektini kiyish turlari bo‘yicha talabalar baxs olib borishdi. Qizg‘in kechgan baxisda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa davomida talabalarda harbiy-sportga bo‘lgan qiziqishlari, Vatanga bo‘lgan sadoqati, hulq-atvorlari bilan ajralib turishdi.

Tadbir so‘ngida:

3-sikl 8 guruh jamoasi  1-o‘rinni,

2-sikl 7 guruh jamoasi  2-o‘rinni

2-sikl 6 guruh jamoasi  3-o‘rinni egallashdi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlarimizni faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.