Xarbiylar bilan uchrashuv

2018 yil 3 aprel  kuni institut harbiy kafedrasida “Men vatan himoyachisi bo‘laman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shu harbiy kafedrani oldingi yillarda bitirib hozirgi kunda Qurolli Kuchlar safida topografiya xizmatida harbiy qismlarda xizmat burchini ado etib kelayotgan ofitserlar katta leytenant Sh.Xudayberganov va leytenant R.Usmonovlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida ofitserlar Qurolli Kuchlarda o‘zlarining harbiy qismlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va zamonaviy topogeodezik asbob-uskunalar to‘g‘risida talabalarga batafsil ma’lumotlar berishdi. Shu bilan birga kafedradagi o‘qish jarayoni ofitserlarning keyingi hayoti va xizmat faoliyatida, sharafli vatan himoyachisi bo‘lishda zamin yaratgani to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Ma’lumot beruvchi ofitserlar Milliy armiyamizda harbiy xizmatga  talabalar ichidan jismonan baquvvat, ma’nan barkamol va zimmasidagi burch mas’uliyatni chuqur anglagan yigitlargina harbiy xizmatga va Vatan himoyasiga qodirligini ta’kidlab o‘tishdi. Harbiy vatanparvarlik yoshlar uchun shon - sharafli ishga aylanganligini faxr bilan ta’kidlab o‘tishdi.

Suhbat jarayonini talabalar savollar bilan ofitserlarga murojjat qilishdi. Harbiy qismlarda xizmat faoliyatini boshlashda qo‘yilgan talablar va ularni amaliy bajarish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.