“Zulfiya mukofoti”ga topshirish uchun nima qilish kerak?

Joriy yilning 21 oktabr kuni soat 14:00da institutning faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 87-06-814 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Z.Ismailova olib bordi. Tadbirda Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash ishtirokchilari qatnashdilar. Z.Ismailova tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-232-son “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Prezident farmoni (29.03.2018y, PF-5389-son) qabul qilinganligi, 2018 yildan e’tiboran Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berish bo‘yicha yangi tartib joriy etilganligi”ni ta’kidlab o‘tdi.

 

Shuningdek institutda tahsil olayotgan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan talaba qizlarni so‘ngi uch yil ichida (2018-2020yy) ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida alohida yutuqlari qo‘lga kiritilgan (Respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan) iqtidorli, faol qizlar nomzodini namunadagi jadval asosida taqdim etishlarini ham ta’kidladi. Bu borada Kengash a’zolarini takliflari ham eshitildi va ular tomonidan barcha fakultetlar kesimidagi faol talaba qizlar ro‘yxati shakllantirilgani va ularni hujjatlarini “Zulfiya mukofoti”ga topshirish masalalari to‘g‘risidagi fikrlari ham tinglandi. Bu borada institut qoshidagi “Interneyshnel-Haus-Toshkent” akademik litsey o‘quvchilaridan ham tanlovga faol o‘quvchilarni jalb etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi va ishtirokchilari bilan barcha rejadagi masalalar haqida to‘liq gaplashildi va keyingi oyda  talaba qizlarni ota-onalari bilan ZOOM platformasi orqali barcha fakultet dekanlari, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma`sullar  ishtirokida onlayn davra suhbati o‘tkazishni rejalashtirilganligini ma’lum qildi.