Yakuniy bosqich
Har bir jamiyatning taraqqiyot tizimida tutgan o‘rni uning sog‘lom va barkamol yoshlari bilan bog‘liqligi ayon. Shunday ekan, aqlan va ruhan salomatlikning mezoni jismoniy quvvat bilan aloqador. Shuning uchun ham sport musobaqalarini tashkil etib turish ana shu xayrlik niyat bilan uzviy bog‘liq.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ularni sportga, sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 26 fevraldan uchinchi martga qadar 1-bosqich talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turidan musobaqalariga start berildi.
Musobaqada barcha fakultetlarning jamoalari hamda Toshkent moliya institutining jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqani 26 fevral kuni “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M. Norqobilov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lishini hamda ishtirokchilarni bir-biriga hurmatda bo‘lishga chaqirdi.
Eslatma: Musobaqalar hali davom etmoqda musobaqaning yakuniy bosqichi uchinchi mart kuni soat 18:00 da TIQXMMI sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasining mudiri M.Norqobilov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov