“Yer kadastri va monitoringi” fanidan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha “Master klass”
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida joriy yilning 5 fevral kuni Qo‘mita mutaxassislari tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 4-kurs talabalari va professor-o‘qituvchilariga Yer monitoringini yuritishda innovatsion texnologiyalarni, uchuvchisiz uchish apparati - DRONni qo‘llash mavzusida MASTER KLASS o‘tkazildi.
MASTER KLASSda yerlarni yo‘qlama qilish va yerlarning holatini masofadan kuzatishda uchuvchisiz uchish apparati - DRONni qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.