Yosh pedagoglarning innovatsion faoliyatini shakllantirish
Institutning 04.01.2 A/F buyrug‘i asosida Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Pedagogik maxorat maktabi» kursida «Yosh pedagoglarning innovatsion faoliyatini shakllantirish» mavzusida 5 - 10 yanvar kunlari o‘quv semenar tashkil etildi. Semenarda kafedraning quyidagi professor o‘kituvchilari: professor Z.Ismailova, professor X.Xudoykulov, dotsent M.Baybaeva, D.Mukumova, Sh.Raupovalar moderatorlik qilishib, «Pedagogik muloqot va pedagogik madaniyat», «Pedagogik faoliyatda muammoli vaziyatlar, to'siqlar va nizolar», «Pedagogning innovatsion faoliyatini shakllantirish», «Pedagogik faoliyatda shaxsning individual psixologik xususiyatlari», «Ta'limni tashkil etish shakllari, dars va unga qo'yiladigan talablar» mavzusida faol semenar jaryonini tashkil etildi. O‘quv semenarida «Gidromelioratsiya», «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash», «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash», «Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish», «Yerdan foydalanish va yer kadastri» «Iqtisod va menejment» fakultetlarining 100 ga yaqin yosh pedagoglari qatnashmoqdalar. Seminar - treningda ta'lim jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarini keng qo‘llash imkoniyatini bera oladigan muxit yaratilmoqda va bevosita tinglovchilar ham ushbu jarayonda faol qatnashmoqdalar. O‘quv semenarning yakunida qo'yilgan maqsad: yosh besh yillik tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarga pedagogik, psixologik va metodika sohasiga oid bilimlarni yetkazish, dars samaradorligini oshirish va o‘z faoliyatida foydalana oladigan pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni tashkil etishdir. Albatta, shu qo‘yilgan talab hamda vazifalarga erishish uchun fidoyi xarakatlar bilan bor bilim va imkoniyatlarimizdan samarali foydalanmoqdamiz!!!
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Muqumova Dilrabo axboroti.