Yoshlar orasida g‘ayri ijtimoiy holatlar sodir bo‘lishi bo‘yicha ogohlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PQ-3528-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan

2018 yil 19 aprel kuni 12:30 da TIQXMMI V-bino “8-ma’ruza” zalida “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti talabalariga (150 nafar) Toshkent shahar Yunusobod tumani, Minor jome’ masjidi noib imomi Kabilov Murodjon Shavkatovich “Yoshlar orasida g‘ayri ijtimoiy holatlar sodir bo‘lishi bo‘yicha ogohlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida, Islomdagi bugungi kunda kiyinish madaniyati  to‘g‘risida to‘xtalib, ularning mohiyati to‘g‘risida hamda bugungi kundagi boshqa davlatlar bilan kiyinish madaniyati xususida ma’lumotlar berib, ularning mohiyatini tahlil qilib, ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.

Muqaddas dinimizni asrash uning pokligini saqlash, uni himoya qilish har bir musulmonning muqaddas burchi ekanligi bu borada diniy bilimning sayozligi oqibatida ko‘plab yoshlarning diniy oqimlar va tashkilotlar ta’siriga tushib qolayotganligi, natijada o‘z vataniga va xalqiga qarshi chiqayotganligi juda achinarli holatligini hayotiy misollar bilan tahlil qilib berildi. Imom xatib tomonidan talabalarga bugungi kunda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash bugunning bosh mezoni bo‘lib, shu bilan bir qatorda yoshlarimizning tahsil olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar havas qilarli darajada ekanligi hamda shu imkoniyatlardan yoshlarimiz oqilona foydalanishlari davr talabi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish uni asrab avaylashga chaqirdi hamda bugungi texnika texnologiyalarning taraqqiy etib borayotgani internetdan foydalanish madaniyatini o‘rganish, har xil kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy norasmiy saytlarda targ‘ib qilinayotgan yot g‘oyalar ularning inson va yoshlar ongiga salbiy ta’sirlari bunday holatlarda hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirdi va bunday norasmiy saytlar va tarmoqlarga aldanmaslikka da’vat etdi.

Shuningdek, bugungi kunda diniy ekstremistik tashkilotlarning g‘ayri insoniy, g‘ayri diniy maqsadlari va faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinib, talabalarga yetkazildi. Yovuzlikni va jaholatni oldini olishda ilm-ma’rifatning o‘rni shuningdek, diniy ma’rifatning o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza qizg‘in bahs va savol-javoblar asosida o‘tdi.