Zilzilaning sodir bo‘lishi va uning xususiyatlari
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti A.Xojiev GIM fakulteti 3 kurs 309-guruh talabalariga “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” faning “Zilzilaning sodir bo‘lishi va uning xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruza darsi “Fuqaro muhofazasi” institutining “Zilzilani simulyatsiya qilish markazida” o‘tkazildi. Dastlab ushbu markazda tashkil etilgan “Zilzila tarixi” muzeyi bilan talabalar tanishtirildi hamda ilk bor yaratilgan seysmograflar ko‘zdan kechirildi.
Shundan keyin talabalarga zilzilani simulyatsiya qilish qurilmasi tushuntirildi. Shu bilan birga zilzilalar sodir bo‘lganda harakat qilish bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yana ham oshirish maqsadida simulyator qurilmasi yordamida sun’iy zilzila sodir etilib unda harakatlanish qoidalari o‘rganildi.