Zulfiyaxonim izdoshlari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligni mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-TTJ da tarbiyachi pedagog Aziza Xayitova boshchiligida 2018-yil 2-mart kuni "Zulfiyaxonimni yod etib" deb nomlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. Bunda Zulfiya onamiz bosib o‘tgan hayot yo‘llari, ijodlari va ularning qalamiga mansub she’rlaridan yotoqxonada yashovchi 1-kursdan 4-kursgacha bo‘lgan talaba qizlar, ya‘ni: Amankulova Hilola, Raximova Nilufar, Abduqaharova Mashhura, Jurayeva Anora, Isakuziyeva Rushana hamda Asadova Barno kabi talaba qizlar ma‘lumot berib o‘tishdi va she’rlarini yod aytishdi. Bular nafaqat o‘zbek tilida, balki rus va ingliz tillarida ham ma‘lumot berishdi. She’riyat kechasi ko‘tarinki ruhda o’tdi va barcha qizlar ko‘ngliga mamnuniyat baxsh etishdi. Zulfiya mukofoti 30 yoshgacha ta’sis etilganligi va shu mukofotga qizlarimizning harakat qilishayotgani ham e’tirof etildi.
3-talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Xayitova Aziza axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov