“I-halqaro: Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin - qizlarning ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tengligi”

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” va “Gumanitar fanlar” kafedralari hamkorligida o‘tkaziladigan “I-halqaro: Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin - qizlarning ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tengligi” (1st International Conference “The role of women and girls in the development of science and gender equality in renewing Uzbekistan”) mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

Anjumanni o‘tkazish vaqti: 2021 yil 2 – 3mart

Ilmiy-nazariy anjumanning ochilishi 2021 yil 2 mart kuni soat 1000 da boshlanadi.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalarning ish olib borishi rejalashtirilgan:

1-Sho‘ba. Ilm – fan - texnika va innovatsiyalar samaradorligini ta’minlashda olima ayollarning ishtiroki;

2-Sho‘ba. “Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan innovatsiyalar, ma’naviy ma’rifiy islohatlarning muhim omili sifatida;

3-Sho‘ba. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xotin – qizlarning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning shart-sharoitlari;

4-Sho‘ba. Davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida hamda OTM-Oila-mahalla xamkorligida xotin-qizlarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatiga jalb etish;

5-Sho‘ba. Globallashuv sharoitida xotin – qizlarning intellektual saloxiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari;

6-Sho‘ba. Oiladagi tazyiq va zuravonlikni oldini olish hamda gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar.

Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishga quyilgan talablar

Ilmiy maqola mavzusi (Title). Tezis mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, tezis tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.

Ilmiy maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information). Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Maqolaning annotatsiyaci (Abstract). Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

Tayanch iboralar (Key words). Tayanch so‘zlar tezis mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. Scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida tezis oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.

Tezis matni. Matan “Times New Roman” shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Tezisning maksimal hajmi 5 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 3 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 5-6 manbadan iborat bo‘lishi lozim.

Takdim etilayotgan maqolalarni (OAK tomonidan e’tirof etilgan va Scopus bazasidagi jurnallarga taqdim etmoqchi bo‘lganlar uchun) rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar.

1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Iqtisodiyotda innovatsiyalar” ilmiy elektron jurnalining rukniga mos kelishi shart.

2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:

- Maqola mavzusi (Title). Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.

- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information). Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

- Maqola annotatsiyaci (Abstract). Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

- Tayanch iboralar (Key words). Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. Scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

- Kirish (Introduction). Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va ma’ruzalariga albatta murojat qilinishi lozim).

- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda ma’lum xarita yaratishni anglatadi.

Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo‘nalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya’ni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo‘llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot ob’ektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash bo‘yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yo‘lning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon bo‘ladi.

- Tahlil va natijalar (Analysis and results). Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Tadqiqotningmaqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqoti shu yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.

- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari

3. Maqola matni “Times New Roman” shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim.

4. Maqolada albatta jadval, chizma yoki rasmlar bo‘lishi shart. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

- tezis elektron va qog‘oz nusxada (A4) taqriz hamda ekspert xulosasi bilan qo‘shib topshiriladi.

- tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflarga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’ul.

- anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Tezislar 2021 yil 10 fevralgacha qabul qilinadi.

Manzil: 170100, Toshkent shahar, Qori-Niyoziy ko‘chasi 39-uy. Telefon: +998 99 820-06-02, +998 99 813-36-72. Faks: +99871 237-38-79

 

RO‘YXATDAN O‘TISh VA TO‘LOVLAR

Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi miqdori

 

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchilari uchun

MDH va boshqa mamlakat fuqarolari uchun

 

Ma’ruza bilan ishtirok etuvchilar

bepul

bepul

 

Ishtirokchilar

100 000 so‘m

10 $

 

Ishtirokchilar (DOI raqami bilan)

100 000 so‘m

15 $

 

OAK ro‘yxatidagi jurnalda nashr etish

Milliy 300.000

Xorijiy 970.000

30 $

 

SCOPUSbazasidagi jurnalda nashr etish uchun

Shartnoma

asosida

Shartnoma

asosida

Hamkor tashkilotlar uchun: Ishtirokchilar 50 000 so‘m

OAK ro‘yxatidagi jurnalda nashr etish: milliy 200.000 so‘m, xorijiy 750.000

To‘lov rekvizitlari: H/S: 2020 8000 3010 3270 2001 AKB “Hamkorbank” Toshkent f.

                               INN: 306 165 193; MFO: 00443; OKED: 96090

E-mail: Tuychiyev@tiiame.uz, ali.jumanov@mail.ru

Maqolalar https://tadqiqot.uz/ manzili yoki Tuychiev Xayrullo Ergashovichning ushbu raqamdagi (+998998200602) telegramm manzili orqali qabul qilinadi.

Ishtirokchi anketasi

Ism:

 

Familiya:

 

Ilmiy daraja:

 

Lavozim:

 

Tashkilot:

 

Manzil:

 

Shahar:

 

Pochta kodi (xorijiy ishtirokchilar uchun):

 

Mamlakat:

 

Telefon:

 

Faks:

 

Elektron pochta:

 

Ilmiy maqola nomi:

 

Hammualliflar (Agar bo‘lsa):