«Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining
AXBOROT XATI
2017 yil 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida «Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanning maqsadi:
Respublika ijtimoiy hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy yangiliklar, ixtirolar qilish, innovatsion texnologiyalar yaratish jarayonlariga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish va ijtimoiy faolligini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
Anjumanda quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boriladi:
1-sho‘ba: Fizika-matematika va texnika fanlarini rivojlantirishdagi muhim vazifalar;
2-sho‘ba: Tabiiy fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari;
3-sho‘ba: Ijtimoiy-gumanitar fanlarning amaliy ahamiyatini oshirish masalalari;
4-sho‘ba: Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.
Ilmiy maqolalar — 2017 yil 10 noyabrgacha qabul qilinadi.
Anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:
— ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
— taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;
— anjuman materiallari o‘zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;
— ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1 sm joy qoldirib, 1 nus’hada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nus’hasi MS Word dasturida Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo‘lishi va 4 betdan oshmasligi lozim. Elektron nus’hasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo‘natiladi.
— muallif tomonidan anjumanda ishtirok etish uchun Tashkiliy qo‘mitasiga talabnoma (familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo‘nalishi (sho‘ba), tashkilot, lavozim, xizmat manzili, telefon/faks, ye-mail) taqdim etilishi lozim.
Anjuman Tashkiliy qo‘mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega.
Anjuman materiallarini yuborish manzili:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi
Manzil: 100011, Toshkent sh.,
Navoiy ko‘chasi, 11.
Tel.: (+99894) 170-90-27
E-mail: a.rozimurotov@yi.uz