“O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirishda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarining rolini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AGRAR, SUV XO‘JALIGI MASALALARI VA EKOLOGIYa QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirishda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarining rolini oshirishning dolzarb masalalari”
ilmiy-amaliy konferensiya
AXBOROT XATI
22-23 fevral 2018 yil, Toshkent
Toshkent davlat agrar universitetida 2018 yilning 22-23 fevral kunlari “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirishda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarining rolini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiya yo‘nalishlari:
1-Sho‘ba. O‘simlikshunoslik, dehqonchilik va agrokimyo sohasidagi zamonaviy agrotexnologiyalar.
2-Sho‘ba. Meva-sabzavotchilik, uzumchilik va ularni qayta ishlash masalalari.
3-Sho‘ba. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. o‘simliklarni himoya qilish va agrobiotexnologiya
4-Sho‘ba. Zooveterinariya, pillachilik, baliqchilik, asalarichilik, quyonchilik sohalarini rivojlantirishda ilm-fan yutuqlari va muammolari.
5-Sho‘ba. Agrosanoat majmui iqtisodiyoti. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari.
6-Sho‘ba. O‘rmonchilik, manzarali bog‘dorchilik, dorivor o‘simliklar va ekologiya masalalari.
Konferensiya ishchi tillari: o‘zbek, rus, qoraqalpoq.
Konferensiya materiallariga qo‘yiladigan talablar: materiallar 3-4 bet hajmda,
1 intervalda, A4 formatli qog‘ozda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va pastdan
2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman
14 o‘lchamli shriftida tayyorlanishi va hamma betlar to‘liq bo‘lishi lozim.
Mavzu bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan keyin o‘ng tomondan muallif(lar)ning familiyasi-ismi-sharifi (ismi-sharifi qisqartirilgan holda), ish joyi kichik harflarda to‘liq ko‘rsatiladi. Bir intervaldan keyin asosiy matn keltiriladi. Asosiy matndan so‘ng foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
Boshqa talablar:
Materiallar qog‘oz va elektron variantda taqdimot topshiriladi. Maqolada mualliflar soni 3 nafardan ko‘p bo‘lmasligi hamda birinchi turgan muallif yalpi yoki sho‘ba yig‘ilishlarida aynan tashkiliy qo‘mitaga yuborilgan maqola yuzasidan tayyorlangan taqdimotni himoya qiladi.
Materiallarni tsau.innov@gmail.com elektron manziliga mumkin. Elektron variantda bitta faylda faqat bitta maqola bo‘lishi kerak.
Elektron variantdagi faylning nomi bosh muallifning familiyasi va sho‘ba raqamidan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: 2 sho‘ba-U.Akromov.rtf. deb nomlanishi hamda fayl RTF formatida saqlanishi lozim. Qog‘oz va elektron variantdagi matnlar bir xil bo‘lishi shart. Bosma shakldagi maqola betlari qalam bilan ko‘rsatiladi, elektron variantda esa betlar raqami qo‘yilmaydi.
Anjmunga materiallar 2018 yilning 15 fevraligacha qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: 100140 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2, TDAU bosh binosi, 3-qavat, 309, 311-xonalar, Ilmiy bo‘lim (B.Ashirov, B.Murodov); Telefonlar: 260-39-73, 260-50-59
E’lonlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar Toshkent davlat agrar universitetining saytida (http://www.tdau.uz.) e’lon qilinadi.
Anjumanning har bir ishtirokchilari quyidagi shakl bo‘yicha o‘zlari to‘g‘risida ma’lumot berishi zarur.
Anjuman ishtirokchisi haqida ma’lumotlar: |
|
Muallifning F.I.Sh. |
|
Ilmiy darajasi, unvoni |
|
Lavozimi |
|
Tashkilot nomi |
|
Pochta orqali a’loqa manzili |
|
Tel: |
|
Faks: |
|
|
|
Ma’ruza turi (yalpi majlisda, sho‘ba yig‘ilishida) |
|
Sho‘ba yo‘nalishi |
|
Ma’ruza mavzusi: |
|
Hammualliflar F.I.Sh. |
|
|
|
|
|
Anjumanga topshirilayotgan materiallar yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, tahrir hay’ati ularni chop etmaslik huquqiga ega.
TAShKILIY QO‘MITA
MAQOLANI RASMIYLAShTIRISh UChUN NAMUNA
QORAQALPOG‘ISTONDA MEVA, SABZAVOT, POLIZ VA KARTOShKA YeTIShTIRIShGA OID MASALALAR
M.Yu.Ibragimov, Ye.Sh.Toreniyazov,
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida vujudga kelgan keskin salbiy ekologik (cho‘llanish jarayoni, tuproq sho‘rlanishi, havo haroratining ko‘tarilishi, suv tanqisligi) vaziyatlar natijasida hududlarning sug‘orib ekiladigan ekin maydonlarining tuproq hosildorligining pasayishi (o‘rtacha 41,3 ball bonitet) sababli qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, meva, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlaridan olinadigan hosildorlik miqdori kamayib bormoqda (paxta 17-21 s/ga, bug‘doy 35-40 s/ga, kartoshka 50-70 s/ga va hokazo). Shu sababdan mintaqa sharoitida meva, sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirishda, sohada fan va ilg‘or ishlab chiqarishga asoslangan tashkiliy va agrotexnik usullardan foydalanish dolzarb hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida ekilayotgan meva, sabzavot, poliz va kartoshka o‘simliklari turlari, ta’sir etadigan omillar aniqlangan va tahlillar ishlangan. Dalada uchraydigan zararkunandalar, ularning biologik rivojlanish dinamikasi, keltiradigan zarari, o‘tkaziladigan kurash tadbirlarini olib borishning ilmiy asoslarini o‘rganish uchun maxsus Sh.T.Xo‘jaev [3] uslublari asosida olib borildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar namunalarini tanlash, variantlarni joylashtirish, rendomizirovan usulda olib borilib, olingan ma’lumotlarning statistik tahlili B.D.Dospexov [2] uslubi yordamida amalga oshirildi.
Kuzatishlar natijasi shuni taqozo etadiki, maummoning asosiy sababi tuman va tumanlararo meva va tok ko‘chatlari, sabzavot, poliz va kartoshkaning navli urug‘larini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etish va mevalarning past va pakana bo‘yli nav-larini yetishtiradigan pitomniklarini ishlatish, sabzavotlarning geterozisli duragay shakllariga e’tibor qaratishning sust olib borilishi.
Bu boradagi o‘tkazilayotgan tadqiqodlar natijasida hudud sharoitida meva, sabzavot va uzum yetishtirishda quyidagi xulosalarga kelib, ishlab chiqarishga tavsiyalar berildi.
Meva, sabzavot, poliz va kartoshkaning hudud sharoitiga moslashtirilgan navli urug‘larini yetishtiradigan xo‘jaliklarini tashkil etish; hudud tuproq va iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan meva va sabzavot turlarini va navlarini tanlab ekish; zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etishda tuproqlarning meliorativ holatiga katta e’tibor qaratish, yer osti suvlari past joylashgan maydonlarga ekish; meva va sabzavot mahsulotlarini saqlashning zamonaviy uslublaridan foydalanish; eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli meva, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini qayta ishlash va toza holida eksport qilishga e’tibor qaratish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gar K.A. Metodы ispыtaniya toksichnosti i effektivnosti insektitsidov. Selskoxozyaystvennaya literatura, jurnalы i plakatы. – M.: Kolos, 1963. – S. 222-226.
2. Dospexov B.D. Metodika polevыx opыta (4-oe izd.). – M.: Kolos, 1986. - 415 s.
3........