“Sug‘orma dehonchilikda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman

Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilari:

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti qoshidagi

qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Konferensiyaning maqsadi va vazifalari: Suv resurslarini hisobga olish, oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muammolari bo‘yicha ma’lumotlar va bilimlarning samarali almashinuvini tashkil etish va muammoning barqaror yechimiga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning yo‘nalishlari:

  1. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash: muammolar va yechimlar
  2. Suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanish
  3. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
  4. Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish masalalari va ulardan samarali foydalanish muammolari
  5. Qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish: muammolar va yechimlar
  6. Yer va suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
  7. Suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy — pedagog kadrlarni tayyorlash

Mualliflar uchun ma’lumotlar:

Konferensiyaga taqdim qilingan maqolalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan bo‘lib, ular 5 betdan oshmasligi kerak. Matn “Microsoft Word” dasturida (Times New Roman) 14 shriftida terilgan va puxta taxrir qilingan bo‘lishi shart.

Matn standart bichimidagi (210 x 297) sifatli oq qog‘ozda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi lozim. Sahifalarning yuqori qismidan 2,5 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm va pastdan 2 sm hoshiya qoldiriladi. Maqola mavzusi bosh harflar bilan matn boshlanishida yoziladi. So‘ngra pastki qatorning o‘rtasidan muallifning ismi-sharifi va ish joyi ko‘rsatiladi. Mualliflar maqolaning elektron faylni o‘zlarining ismi-sharifi bilan nomlashlari lozim. Konferensiya mavzusiga bevosita tegishli bo‘lmagan maqolalar qabul qilinmaydi va egasiga qaytarib yuborilmaydi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, 2017 yilning 1-noyabrigacha tashkiliy qo‘mitaning manziliga matn ko‘rinishida (2 nusxada) va disk variantida hamda elektron pochtasiga yetkazish so‘raladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent sh., K. Niyoziy 39, B.Suvanovga. Tel: (+998-71) 237-19-56, 237-19-80, (+998-90)- 975-55-49

E-mail: gmelioratsiya@mail.ru