Xorijiy abiturientlar uchun
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTIGA XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI
HUJJATLAR RO‘YXATI
Hujjatlar quyidagi pochta orqali qabul2021@tiiame.uz qabul qilinadi.
· Ariza
· Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
· Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti (PDF shaklida).
· Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi fanlar baholar (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner variant topshiriladi (PDF shaklida).
· 3,5×4,5 o‘lchamli fotosurat (JPEG shaklida).
· Sertifikat/guvohnoma, diplom shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli institut o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim qilinadi.
INSTITUTGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI
· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha institut qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar;
· Suhbat avgustning ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi;
· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining magistraturasi mutaxassisligida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha institut qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar;
· Suhbat avgustning ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi;
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ ҚАРОРИ