Qishloq xo’jaligi injenerligi sohasida AQSHning etakchi Ayova shtati universiteti bilan hamkorlik yo’lga qo’yilmoqda
AQSH va Markaziy Osiyo universitetlari o’zaro hamkorligini qo’llab-quvvatlovchi UniCEN dasturi oliy talim muassasalari o’rtasida mustaqil xalqaro aloqalar uchun imkoniyatlar yaratadi. UniCEN AQSH oliy talim tizimini amaliy tomondan tushunishga erishish maqsadida Markaziy Osiyo bo’ylab tanlangan universitetlarni qo’llab-quvvatlaydi va muvaffaqiyatli hamkorlik uchun sharoit yaratadi. Hozirda institutimiz UniCEN dasturi doirasida AQSHni Missisipi va Oklahoma shtati universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Yangi 2020-21 o’quv yilidan dastur doirasidagi hamkor universitetlar safiga qishloq xo’jaligi injenerligi sohasida AQSHning etakchi universitetlaridan biri Ayova shtati universiteti ham qo’shildi (https://unicen.americancouncils.org/central-asia-university-partner-ships-program-unicen-awards-announcement/ saytiga qarang).
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillarida Ayova shtati universiteti va TIQXMMI o’rtasida ilmiy-amaliy, professor-o’qituvchilar almashinuv loyihasi amalga oshirilgandi. Hozirda amalga oshiriladigan loyihada bugungi kundagi koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq holatni etiborga olib universitetning “Qishloq xo’jaligi va biotizim injenerligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv yili davomida har oyda bir marta qishloq xo’jaligi injenerligi sohasining dolzarb mavzulariga bag’ishlangan vebinarlar tashkil qilish, o’quv yili davomidagi tanishuv va o’zaro fikr almashinuvlar natijasida yangi loyihalar ustida ishlash rejalashtirilgan.
Ayova shtati universiteti QS umumiy reytingida 511-o’rinda, qishloq xo’jaligi sohasida 16-o’rinda, universitetning qishloq xo’jaligi va biotizim injenerligi yo’nalishida bakalavr, magistr va doktorantlar tayyorlash dasturlari qator yillardan beri AQSH universitetlari reytingida 1-2 o’rinlarni egallab kelmoqda, kafedrada 100ga yaqin magistr va doktorantlar talim olishadi va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadilar. “Qishloq xo’jaligi va biotizim injenerligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari soni 50dan ortiq, kafedraga 1000dan ortiq yo’nalish bo’yicha talim olayotgan bakalavrlar biriktirilgan.
Shu yil 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan kechki 17.00-18.00 oralig’ida loyihada rejalashtirilgan 1-tanishuv vebinari WebEx platformasi orqali o’tkaziladi. Vebinarda Ayova shtati universitetidan “Qishloq xo’jaligi va biotizim injenerligi” kafedrasi mudiri, professor Steven Mickelson (https://www.engineering.iastate.edu/people/files/2019/11/Mickelson-2019.pdf) va loyihani masul bajaruvchisi professor Brian Steward (https://www.abe. iastate.edu/abe-department/ directory/profile/bsteward/) ishtirok etishadi.
Vebinarda ishtirok etishga qiziqqan institut professor-o’qituvchilari, doktorant, magistrant va talabalari m.amonov@tiiame.uz elektron pochtaga ismi familiyalari, ish yoki o’qish joyini ko’rsatgan holda 13 sentyabrga qadar murojaat qilishlari so’raladi.
Traktorlar va avtomobillar kafedrasi mudiri Amonov M axboroti