Professor oqituvchilar uchun “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini tashkil qilish va dars mashg’ulotlari olib borish uchun konsultant xizmatlari (qiziqish bildirish uchun so’rov)
Professor oqituvchilar uchun “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini tashkil qilish va dars mashg’ulotlari olib borish uchun konsultant xizmatlari (qiziqish bildirish uchun so’rov)
Tashkilot/Institut/Kompaniya: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)
Loyiha nomi: Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish
Loyiha ID: AIF 2/16
DARS MASHG’ULOTLARI OLIB BORISH BO’YICHA KONSULTANT XIZMATLARI
TIQXMMI Jahon bankining O’zbekiston Respublikasida Oliy ta'limni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Akademik innovatsiyalar fondining “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo’jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirmoqda va loyiha mablag’larining malum bir qismini konsultant xizmatlari uchun sarflanishi rejalashtirilgan.
Konsultant xizmatlari “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalariga dars o’tadigan professor-o’qituvchilarni 2 guruhi (bir guruhdagi tinglovchilar soni 12-16 ta) uchun “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini tashkil qilish va dars mashg’ulotlari olib borishni o’z ichiga oladi. Kurs uchun ajratilgan auditoriya yuklamasi 72 soatni tashkil etadi va dars mashgulotlari 8-12 hafta davomida olib boriladi. Kurs Microsoft Office paketi dasturlarini o’rtacha darajada biladiganlar uchun, iSpring dasturi, GoogleDocs uskunalari, Internet tizimi, MOOC kurslari, videodarslar yaratish, Moodledan foydalanish va kasbiy faoliyat bilan bog’liq AKTni boshqa mavzularini o’z ichiga olishi kerak. Guruhlarda darslar ketma-ket o’tkaziladi va 1-guruh darslarini 2021 yil aprel oyini birinchi haftasidan boshlash rejalashtirilgan.
TIQXMMI konsultantlar yoki tashkilotlar/kompaniyalarni yuqoridagi xizmatlarni ko’rsatish uchun qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi. Konsultant kurs dasturini ishlab chiqishi, mavzular bo’yicha presentatsiyalar tayyorlashi, TIQXMMIda tinglovchilarga dars mashg’ulotlarini olib borishi, tinglovchilar bilimini testlar orqali tekshirib ularni yakuniy baholashda ishtirok etishi kerak. Konsultant Jahon bankining "Jahon bankidan qarz oluvchilar tomonidan konsultantlarni tanlash va ishga olish" (joriy nashr) qo'llanmasida keltirilgan tartib-qoidalarga muvofiq tanlanadi.
Kursni tashkil qilish va dars mashq’ulotlari olib borishga qiziqish bildirgan nomzodlar yoki tashkilotlardan takliflarni (hujjatlar to'plamini) 2021 yil 29 martga qadar muhrlangan konvertda loyiha ofisiga yetkazilishini taminlashi so’raladi. Hujjatlar to’plamida kurs uchun rejalashtirilayotgan maruza va amaliy ishlar mavzulari mundarijasi, ishni tashkil qilish bo’yicha qisqa reja va byudjet, nomzod konsultant yoki tashkilot haqidagi malumotlar (pasport malumotlari yoki ustav, CV/malumotnoma, diplomlari, sertifikatlari va boshqa hujjatlar nusxalari) bo’lishi kerak.
Qiziqish bildirgan konsultantlar quyida keltirilgan elektron pochta yoki telefon orqali qo’shimcha malumotlar olishi mumkin.
Manzil:
TIQXMMI, V-bino, V-306, 310 xonalar
Qori Niyazov ko’chasi 39 uy
Toshkent, 100000 O’zbekiston
Telefon: 998 71 237 2534
E-mail: aif-agr-eng@tiiame.uz
Vebsayt: http://international.tiiame.uz/ru/page/Oliy%20ta'limni
Texnik koordinator: Mansur Amonov