“Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyda qatnashing
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Toshkent arxitektura va qurilish instituti
Qoraqalpoq davlat universiteti
Obuda universiteti (OU), Vengriya
Parij Lodron universiteti (PLUS), Zalsburg, Avstriya
Qirollik texnologiya universiteti, Stokgolm, Shvetsiya
Leybnits O’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo’jaligini rivojlantirish instituti (IAMO), Germaniya
AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar!
“Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2019 yil 22-23 oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tadigan konferentsiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanda geoaxborot va uning tarmoq sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishdagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o‘zlari bajarayotgan va amalga tadbiq etilishi kutilayotgan innovatsion ishlanmalari, kashfiyotlari, ixtirolari hamda yangi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan maqola, ma’ruza va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari:
- ta’lim tizimida geoaxborot texnologiyalari hamda ushbu soha bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari;
- arxitektura va qurilish sohalarida geoinformatikani qo‘llash muammolari;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, irrigatsiya, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishda geoinformatika;
- geodeziya, geologiya, geofizika, geografiya, kartografiya va kadastr tizimida geoinformatika;
- GAT-kartografiyani rivojlantirishning dolzarb muammolari;
- aerokosmik usullar va geoinformatika;
- ekologiya, tabiiy resurslar va foydali qazilmalarni boshqarishda geoinformatika;
- geoinformatikani xalq xo‘jaligining boshqa sohalariga qo‘llash imkoniyatlari.
Ilmiy maqolalar uchun qo‘yiladigan talablar:
- Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar matni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida IMRAD (https://ru.wikipedia.org/wiki/IMRAD) strukturasidagi talablar asosida yozilgan bo‘lib, hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiyaning mavjudligi.
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida kalit so‘zlarining mavjudligi (kamida 5 ta).
- Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar keltirilishi shart.
- Matn Microsoft Word dasturida (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval, manbalar ro‘yxati matnda eslatma tartibida raqamlandi, matndagi havolalar to‘rtburchak qavs bilan ajratilishi kerak [1,2-bet]. Tasvirlar rangli yoki oq-qora variantda tayyorlanadi.
- Ilmiy maqolaga soha mutaxassisining taqrizi.
Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga mualliflar shaxsan javobgardirlar. Magistrantlar va iqtidorli talabalarning maqolalari ilmiy rahbarlar tavsiyasi asosida qabul qilinadi.
Konferensiya materiallari DSinGIS loyihasining veb sahifalariga joylashtiriladi (www.dsingis.eu http://geoinformatics.uz/dsingis/). Yuqori sifatga ega tanlab olingan maqolalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy texnik jurnalida chop etiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, 2018 yil 1 sentyabrgacha tashkiliy qo‘mitaga yuborishingizni so‘raymiz.
Maqolalarni topshirish muddati
Maqolalarning qisqacha mazmuni (abstrakt) 2019 yil 1 avgustgacha,
to‘liq matni esa 2019 yil 1 sentyabrgacha qabul qilinadi.
Ma’ruza matnlarini jihozlash namunasi
FAZOVIY TAHLIL VA MODELLASHTIRISH
Niyazov V.R. (14 kegel)
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand, O‘zbekiston. niyazov_v@gmail.com (12 kegel)
Annotatsiya: matn (12 kegel)
Kalit so‘zlar: matn (12 kegel)
Matn (14 kegel)
Adabiyotlar ro‘yxati: (14 kegel)
- Aslanov A.F. Metakartografiya. Osnovnie problemi. – Tbilisi.: Mitsniyereba, 2017. -125 s. (12 kegel)
- https://ru.woshrnfjg/rettgfds
Ma’ruza materiallarini konferensiya ishi boshlanishiga qadar nashr qilish rejalashtirilgan.
Tashkiliy qo‘mita konferensiya mavzusiga va talablariga javob bermaydigan maqolalarni yoki belgilangan muddatdan keyin kelgan maqolalarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi tashkiliy qo‘mita a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin:
- Niyazov Voxid, tel.: 99897-923-16-08, 99866-234-62-48, e-mail: vohid85-85@mail.ru
- Xushvaqtov Usmon, tel.: 99893-355-19-31, 99366-237-18-47, e-mail: usmon-xx@mail.ru
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti. 140147, Samarqand sh., Lolazor ko‘chasi 4, Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Telefon: 99366-237-18-47, faks 99366-237-26-30