BioEcUz loyihasining navbatdagi uchrashuvi
Uchrashuvda Latviyaning Hayotiy fanlar va texnologiyalar universitetlari professor-o'qituvchilari bilan birgalikda uchrashuv tashkillashtirildi. Unda Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyot tarmoqlarida bioiqtisodiyotning o'rni haqida qisqacha ma'lumot berildi. Bioiqtisodiyot - bu yangi iqtisodiy model bo'lib, tabiiy resurslarga (hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar va ulardan olingan biomassa, shu jumladan organik chiqindilar) bog'liq bo'lgan barcha tarmoqlar va tizimlarni, ularning funktsiyalari va printsiplarini qamrab oladi. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan barqaror foydalanish bilan bir qatorda, biologik chiqindilar va qoldiqlardan foydalanilmagan potentsialidan ham foydalanadi. Bioiqtisodiyot o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagilarni o'z ichiga oladi: quruqlik va dengiz ekotizimlari va ular ko'rsatadigan xizmatlar, biologik resurslardan foydalanadigan va ishlab chiqaradigan barcha asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari, oziq-ovqat, ozuqa, organik mahsulotlar, energiya va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun biologik resurslar va jarayonlardan foydalanadigan barcha sanoat tarmoqlari kabilarni o'z ichiga oladi. Bioiqtisodiyot barqarorlik tamoyillariga qat'iy amal qilib,bunda qo'llaniladigan yondashuvlar hozirgi va kelajak avlodlarning farovonligiga salbiy ta'sirinikamaytirish, kam resurslarning teng ravishda taqsimlanishini ta'minlash va atrof-muhitga jiddiy zarar va bosimni keltirib chiqarmaslik uchun kompleks yondashiladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, O'zbekistonda bioiqtisodiyot bo'yicha magistraturani joriy qilish maqsadida har tomonlama tahlil qilish uchun vazifalar belgilandi va O'zbekistonning OTMlari tomonidan bajarilishi kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati