“Bahorning besh kuni”

Xuddi shu nom bilan atalgan loyihaning institutimizda tashkil etilgani katta ahamiyat kasb etgani rost. Undagi 5 raqami ramziy ma’noda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus ijrosiga ham ishoradir. Ayni paytda harakatimiz tashabbuskorlik va tashkilotchilik tuyg‘usi bilan muvofiqligini ham anglatmasdan qolmaydi. Institutimiz xotin-qizlari uchun uchun ilk marotaba tashkil etilgan, beshta muhim tashabbusni o‘zida qamrab olgan ushbu ajoyib loyihaning  “Xalqaro xotin-qizlar kuni” oldidan o‘tkazilishi ham o‘ziga xos tuhfadir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda institut xotin-qizlar jamoasi tomonidan  2020-yil 2-martdan 6-martgacha institut xotin-qizlari uchun alohida dastur asosida tuzilgan mazkur loyihaning dastlabki kuni 1-tashabbus fakultetlar xotin-qizlari o‘rtasida rassomchilik, dizayn, amaliy san’at, qo‘lda yasalgan buyumlar ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Ushbu tadbirdan ruhlangan va qo‘llab quvvatlagan rektorimiz Umurzakov O‘ktam Pardayevich ko‘rgazmani ko‘rish, o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirish uchun tashrif buyurdilar. Talabalar bilan samimiy muloqot qilib, o‘zlarining taklif va tavsiyalarini bildirib, ko‘rgazmani tomosha qilish asnosida quyidagi mulohazalarni ham bildirib o‘tdilar.

"Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qator ma’ruza va chiqishlarida, hukumat qonun va qarorlarida xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faoliyatiga e’tibor yuksak darajada bo‘lib kelmoqda. Hatto, davlatimiz rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusida ham bu masala alohida o‘rin egallaydi. Jumladan, beshinchi tashabbusning xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangani bejiz emas.

Institutimizda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni keng nishonlash munosabati bilan besh kunga mo‘ljallab «Bahorning besh kuni» qizlar haftaligini tashkil etilishi har jihatdan e’tiborga molikdir. Bu talaba va pedagoglarning kreativligi va hamjihatligini ta’minlaydi. Shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida xotin-qizlarning o‘rni va ularni qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalari, xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari, qizlarni sog‘lom turmush tarzi va oila qurishga tayyorlashning dolzarb masalalari, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda tadqiqotchi xotin-qizlarning tutgan o‘rni kabi muammolarni o‘z ichiga qamrab oladi. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligining muhim mezonlaridan biri bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligini rivoji uchun kadrlar tayyorlashdek sharafli faoliyatingizda, ilmiy izlanishlaringizda hamisha yutuq va omadlar yor bo‘lishini tilab qolaman,” - deya rektorimiz o‘z dil izhorlarini bildirdilar. Ayni damda o‘z nutqlarida barcha ko‘rgazmada ishtirok etgan xotin-qizlarga minnatdorchilik bildirib, doimo qo‘llab-quvvatlashga institut rahbariyati tayyorligini qayd etdilar.

Shu bilan bir qatorda, ko‘rgazmada Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ham hozir bo‘lishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarda ayniqsa, qo‘l mehnati bilan to‘qilgan, yasalgan va institutimiz qizlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy-maishiy buyumlar katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng “B” bino 4-qavatda joylashgan anjumanlar zalida barcha fakultetlardan yig‘ilgan xotin-qizlarning 170 nafari jam bo‘lishdi. "Bahorning besh kuni" loyihasi chinakam bayram va tantanavor festival tusini oldi. Yig‘ilganlar orasidan tarix fanlari doktori, professor Shohista O‘ljaeva va GM fakulteti 3-bosqich talabasi Sohiba Imomalieva so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyati va institut rahbariyati  qo‘llab-quvvatlagani, e’tibori uchun instutut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi, barcha xotin-qizlarning kelgusi loyihalarda ham faol bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir yakunida institut rahbariyati va xotin-qizlar jamoasi loyiha ochilishi jarayonidan esdalik uchun suratga tushishdi. Rassomchilik, dizayn, amaliy san’at bo‘yicha xotin-qizlar jamoasi tomonidan belgilangan hakamlar hay’ati xulosasi quyidagicha:

1. Ijodkorlik yo‘nalishida GM fakulteti hamda QSXET fakulteti talaba-qizlari jamoasi;

2. Loyihalash, maketlar yasash yo‘nalishida ERB fakulteti talaba-qizlari jamoasi;

3. Rassomchilik va dizayn yo‘nalishida GTQ fakulteti hamda QXM fakulteti jamoalari;

4. Amaliy san’at qo‘lda yasalgan buyumlar yo‘nalishida GIM fakulteti hamda SXTE va B fakulteti jamoalari e’tirof etildi.

Xotin-qizlar va talabalar qamrovi 280 nafar. Umumiy jamoa hisobida g‘olib bo‘lgan fakultetlar jamoalari institut rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan loyiha yakunida taqdirlanadi. Faol bo‘ling, aziz xotin-qizlar, barchasi siz uchun. Ertaga ikkinchi kun, ikkinchi tashabbusga bag‘ishlangan fakultetlararo tadbirlar davom etadi. Ikkinchi kunda ham qiziqarli tanlovlar oldinda. Tashrif buyuring hamda kuzatib boring. Tashkiliy ishlarda yordam bergan institut rahbariyati, institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, fakultetlar jamoalariga minnatdorchilik bildirish joizdir.

TIQXMMI matbuot xizmati