Nufuzli 1 - Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi
Shunday soha va kasblar borki, ular jins tanlamaydi. Bu shubhasizki, ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy tadqiqot va innovatsion izlanishlar olib borishdir. Bu borada xotin - qizlarning alohida o‘rni borligini inkor etib bo‘lmaydi. Jamiyatning ravnaqi ilm-fan bilan bog‘liq ekan, demak, unga bo‘lgan ehtiyoj doim sezilibgina qolmay, balki bu dolzarb masala hamdir. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tashkil etilgan “Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin - qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli: Gender tenglik” mavzusidagi 2 - 3 mart kunlari o‘tayotgan 1- Xalqaro onlayn ilmiy - amaliy anjuman xuddi shu ma’noda katta ahamiyatga molik.
Hamkor tashkilotlar tarkibininig o‘ziyoq o‘tkazilayotgan anjumanning yuqori nufuzga egaligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Britaniya kengashi, Ural Federal Esbatini universiteti, Janubiy Afrika universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh gumanitar pedagogika instituti, Sloveniyadagi Sifat Oliy ta’lim instituti, Oksford universiteti, BMT Taraqqiyot Dasturi, Leybnis qishloq xo‘jaligi Landshafti tadqiqot markazi, Asosiy Global Assotsiatsiyasi, Avstraliya, Markaziy Osiyonin barqaror innovatsiyalar byurosi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va mahalla ilmiy tadqiqot instituti, “Tadqiqot.uz” halqaro ilmiy jurnallar portalining birgalikdagi harakati albatta, o‘z samarasini berishi tayin. Konferensiya ZOOM platformasi orqali o‘zbek, rus, ingliz tillarida olib boriladi.
Bugungi anjuman o‘z oldiga respublika va xorijdagi olima ayollarning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi tajriba va yutuqlari bilan tanishish, ilmiy an’analari borasida fikr almashish, ayollar va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish hamda ularni madaniyat-ma’rifat, siyosiy-iqtisodiy ishlardagi nufuzini yanada oshirish kabi masalalarni qo‘ygan. Bu ayni paytda mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga ega ekani, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‘lishga da’vat etish an’ana va urfimiz bo‘lganini namoyon etadi. Mamlakatimizda bugungi kunga qadar 24 ta me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shulardan 2 tasi Gender tenglik va ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqlardan himoya qilish ekani ham masalaning gumanistik mohiyatini ifoda etadi. Konferensiyada quyidagi masalalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan.
Ilm - fan - texnika va innovatsiyalar samaradorligini ta’minlashda olima ayollarning ishtiroki, Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan innovatsiyalar, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning shart-sharoitlari, Davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida hamda OTM-Oila-Mahalla hamkorligida xotin-qizlarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatiga jalb etish, Globallashuv sharoitida xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari, Oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash asosiy vazifa va maqsad sifatida qo‘yilgan.
Konferensiyaning ilk bosqichida Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, TIQXMMI rektori, professor Umurzakov O‘ktam Pardayevich, Oliy Majlis Senati Raisi, Respublika Gender komissiyasi raisi, sotsiologiya fanlari doktori, professor Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Artikova, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, "Women’s Leadership” loyihasi asoschisi Oksford universiteti Guli Xanum Sheyx, BMT tarraqiyot dasturining doimiy vakili Doyna Muntyanu, Britaniya kengashi direktori Reychel Ayland, Esbatini universiteti o‘qituvchisi (Mbabane, Janubiy Afrika) Mandana Arfalar o‘zlarining kirish so‘zlari bilan qatnashdilar.
So‘ngra oltita sho‘ba bo‘yicha Valentina Ovchinnikovaning «Путь женщины в инженерии», Aynisa Musurmanovaning “Ilm-fan texnika va innovatsiyalar samaradorligini ta’minlashda olima ayollarning ishtiroki”, Raxbar Murtazaevaning "Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarni ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni", Jamila Shermuxammedovaning "O‘zbekistonda Gender tenglikni ta’minlash masalalari: muammo va yechimlar", Dilfuza Egamberdievaning “Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, qobiliyat va imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishda xotin-qizlarning o‘rni”, Jo Chefferning "Oliy ta’limda feminizatsiyalashgan yetakchilik:
Akademiyaning tarkibiy va tizimli tengsizligini muvozanatlash usullari", Katja Žibert Kamšekning “Women have a role to play in modernizing the education system, conditions for the realization of abilities and opportunities”, Vera Chudakovaning “Роль женщин в развитии науки и гендерного равенства”, Barno Abdulaxamidovaning “Роль женьщин в формировании валеологического воспитания детей”, Zuxra Ismailovaning “Oliy talim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarning ta’limni rivojlantirishdagi ulushi” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi. Qush qo‘sh qanoti bilan parvoz qilishi mumkin bo‘lganidek, ijtimoiy hayotda ham ikki jins - er va ayol ham qo‘shqanot bo‘lishi zarur. Bag‘rikenglik va tenglik gender siyosatining tub mohiyatini bildiradi. Ilmiy-nazariy anjumanda xuddi shu ruh hukmronlik qildi.
TIQXMMI matbuot xizmati