Kuch-bilim va tafakkurda
“Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talabalari o'rtasida “ZAKOVAT” intellektual o'yini bo'lib o'tdi. Intellektual o'yinda fakultet dekani A.Fatxulloyev, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari O.Habibullayev hamda fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Hamidovlar ishtirok etishdi. Zero, tafakkuri, dunyoqarashi keng, ma'rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Ma'naviyat esa insonda kitob o'qish orqali shakllanadi. “ZAKOVAT” intellektual o'yinda 1-bosqich talabalaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad, insoniyatning asrlar davomida qo'lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini kitob hamisha ilm-ma'rifat, odob-axloq manbai bo'lib kelgan. Natijaga ko'ra, 1-o'rin: “Suv xo'jaligida va innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” yo'nalishining 106-guruh, 2-o'rin: “Meliorativ gidrologi ” yo'nalishining 109-guruh, 3-o'rin: “Suv xo'jaligi va melioratsiya” yo'nalishining 103-guruh talabalari egallashdi.
TIQXMMI matbuot xizmati