Is gazi va botulizmdan himoyalanish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida “Hayot faoliyati xavsizligi” kafedrasi dotsenti N. Saidxo‘jaeva tomonidan “Is gazi va botulizm” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo‘ladi. Bolalarni gaz uskunalaridan foydalaniluvchi joylarda nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
“QSXET” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati