TIQXMMIning bir guruh faollari Moʼynoq tomon yoʼl olishdi.

Maʼlumki, Orol dengizining qurishi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun sayyoramizga xavf solayotgan global ekologik muammolardan biriga aylangan. Shu sababdan ham Davlatimiz rahbari tomonidan mazkur xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish, ushbu muammoga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratish boʼyicha aniq takliflar ilgari surilmoqda. Qolaversa, qurib qolgan dengiz hududida butazor va daraxtzorlar barpo etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, soʼnggi yillarda Orolboʼyi hududida, dengizning qurigan tubida saksovul va boshqa shoʼrga chidamli oʼsimliklardan iborat butazorlar barpo etilishi, hududda yashayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyatlar hokimliklari, Oʼzbekiston ekologik partiyasi hamda boshqa qator tashkilotlar tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan Ekologik hayriya velomarafonini oʼtkazishdan koʼzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, Orolboʼyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda keng jamoatchilik eʼtiborini dolzarb ekologik muammolar yechimini topishga qaratilgan.

Ushbu velomarofon joriy yil 21 maydan 5 iyunga qadar davom etishi koʼzda tutilgan boʼlib, marafon ishtirokchilari yurtimizning barcha hududlaridan oʼtib Moʼynoq tomon kelishmoqda. Аna shunday ezgu maqsad, amaliy tadbirlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh faollari ham ishtirok etishmoqda faol ishtirok etishmoqda.

3 iyun kuni Toshkentdan Nukus shahriga yetib kelgan ishtirokchilar mezbonlar tomonidan iliq kutib olindi. Dastavval ishtirokchilar «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni qatnashchilarini kutib olish hamda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ishtirok uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlarida joylashgan  Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati tomon yo‘l olishdi. Tadbir davomida «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni qatnashchilari karnay surnay sadolari ostida  kutib olindi. Kutib olish marosimi o‘z yakuniga yetgach ishtirokchilar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga sayohat uyushtirishdi.

Ma'lumot uchun: Ishtirok davomida Mo‘ynoq tumani, kemalar qabristoni shuningdek, 5-iyun “Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuni”ga bag‘ishlab tashkil etilayotgan “Rivojlanayotgan Orolbo‘yi mintaqasi dunyo hamjamiyati nigohida" mavzuidagi xalqaro anjumanda ham ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

 

TIQXMMI matbuot xizmati