Deputat - xalq manfaatlari himoyachisi

Xalq ishonchini qozonib u tomonidan saylangan deputatning yuki og’ir bo’ladi. Chunki bunda xalq e’tibori va ishonchiga mas’uliyat va majburiyat bor. Saylovchilar o’zi saylangan deputatga o’z dardini aytib muammolarning yechimi xususida maslahat so’raydi. Uni o’ziga yaqin tutadi. Sirdosh sifatida o’z sirlarini aytadi.  Dunyo miqyosida oladigan bo’lsak, har bir rivojlangan va iqtisodiy-ijtimoiy sohada boy, aholisiga har qanday qulayliklar mavjud davlatlarda qonun ustuvorligi, sud-huquq organlari faoliyatidan xalq rozi bo’lib yashab kelmoqda. Qonun ustuvorligi va tartib bor joyda albatta, rivojlanish bo’ladi. Qonunchilik jozibadorlikini oshirishdagi asosiy bo’g’inlardan biri bu Oliy Majlis qonunchilik palatasi hisoblanadi. Shu o’rinda, bu tizimda ham, ayni damda yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda va yoshlarga tengdoshlari nomidan chiqib, yoshlarning huquqlarini talab etishdek mas'uliyatli ishlarda o’zini sinab ko’rishga zamin yaratib berilmoqda. Shu maqsadda, “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamentini tashkil etilishi ham yuqoridagi gapimizni isboti bo’lib xizmat qiladi.

 

Xabaringiz bor, bugungi kunda Pandemiya davrida, Karantin sharoitida ko'plab tashkilotlarda xususan, Oliy ta'lim muassasalarida online konferensiyalar, online forumlar, online uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Biz, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandilari instituti faol talabalari ana shunday tashabbuslarni ilgari surib, ko'plab talabalar xohish va istaklaridan kelib chiqib Online suhbatlar o'tkazishni reja qildik. Bugungi, mehmonimiz xalq nazariga tushgan, har doim aholining dard-u tashvishi bilan yashaydi va tuman, mahallalar orasida kelib chiqadigan nizoli vaziyatlarga yechim topishda jonbozlik ko'rsatishi bilan, deputatlar orasida ajralib turadigan Rasul Kusherbayev bo'ldi. Dastlab, ishtirokchilar Zoom orqali ro'yхatga olindi. Online suhbatni Respublika Oliy ta'lim Kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, ustozimiz Umurzakov O'ktam Pardayevich “Yoshlar parlamenti, qonunchilikda yoshlarga oid islohotlar” mavzusidagi online suhbatni ochib berdilar hamda yig'ilganlarga online suhbat yuzasidan o'zining iliq fikrlarini bildirib o'tdilar. Zoom dasturi orqali bo'lib o'tgan Online suhbatda 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi hamda bir vaqtning o'zida Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali jonli efirda ko'plab yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Online suhbat samimiy, mulohazali, oddiy va albatta ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Online suhbatga Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor R.Choriyev, Institut faol yoshlari jamoasi a'zolari A.Berdimurodov, D.Akbarov, U.Manzirboyevlar moderatorlik qilishdi.

Rasul Kusherbayev dastlab Oliy Maslis qonunchilik palatasidagi ish jarayoni bilan o’rtoqlashdi. Har bir sohada muhim o’zgarishlar qilish uchun, har bir shaxs o’z hayotida keskin qarorlar chiqarishi zarur. Mehmonimiz ham xalq nazariga tushib, xalq dardi bilan yashash va har qanday vaziyatda ham qonun asosida ish ko’rish tarafdori bo’lib, deputatlik borasida ulkan natijalarga erishish uchun yoshlikda u ham, muhim qaror chiqargani tahsinga loyiq. R.Kusherbayev yoshlikida uchuvchi bo’lishni orzu qilgani, ammo bir filmdan ta’sirlanib, o’z fikrini o’zgartirgan va bor bilim salohiyatini xalq manfaatlari yo’lida safarbar qilishga qaror qilgan edi. Uchuvchilik faoliyatidan voz kechib, O’zbekiston Jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakultetida ta’lim olgan.

Keyin, esa interaktiv savollarga navbat berildi. Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning Yoshlar parlamenti, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ta'lim tizimiga doir savollari berildi. Rasul Kusherbayev  savollarning har biriga imkon qadar javob berib o’tdi va o’zining bu faoliyatlar yuzasidan qanday tashabbuslar qilish bo’yicha taklif va xulosalarini berib o’tdi. Yoshlar Parlamenti ish faoliyatiga ham alohida to’xtalib, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyatlar yuzasidan o’z xulosalarini aytib o’tdi.  Yoshlar parlamentidagi yoshlar albatta, o’z tuman va shaharlaridagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni bizga va Senat minbariga qo’rqmasdan olib chiqishiga ishonaman deb o’z so’zini yakunladi. Institutimiz rektori, ustozimiz Umurzakov O'ktam Pardayevich ham online suhbatga befarq bo’lmagan holda, o’z faoliyatidan kelib chiqgan holda, Oliy ta’lim tizimida yoshlar orasida korrupsiya illatiga qarshi yoshlarning ongida immunitet hosil qilish, ta’lim sohasidan bu illatni tub ilidzigacha yo’q qilish yuzasidan deputatga savollar bilan murojaat qildi.  Rasul Kusherbayev, o’z faoliyatidan kelib chiqgan holda, bu illatga qarshi kurashish, xalqimiz ongida huquqiy savodxonlikni rivojlantirish yuzasidan ko’plab tahliliy ma’lumotlar keltirib o’tdi.  Akmal Berdimurodov, Ulug‘bek Manzirboyev, Dilmurod Akbarovlar moderator sifatida ishtirokchilarning savollarini yetkazib tadbirga jon baxsh etib turishdi.

Institutimiz rahbariyati hamda yoshlar nomidan, Rasul Kusherbayevga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiylash muhandislari institutida ikkinchi mutaxasislik bo’yicha ta’lim olishi va yoshlarga o’z bilim salohiyati bilim, o’z huquq va majburiyatlarini yaxshi anglagan holda o’zi tanlagan sohaga nafi tegadigan yoshlardan bo’lib yetishishda hissa qo’shishini taklif etildi. Rasul Kusherbayev ham bu taklifni qo’llab-quvvatlashini va albatta buni amaliy natijasi bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Shu bilan Rasul Kusherbayev ishtirokida o‘tkazilgan jonli, bahsli tarzdagi masofaviy muloqot nihoyasiga yetdi va unga o‘z vaqtini ayamasdan muloqotga rozi bo‘lgani uchun institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

TIQXMMI matbuot xizmati