Pray for Australia
Dunyo bo`ylab sodir bo`layotgan voqea-hodislar orasida eng daxshatli hamda ayanchlisi Australiyada sodir bo`layotgan yong`inlar ekanligi shubhasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda #PrayForAustralia (Australiya uchun duo qiling) heshtegi ostida hamdartlik fikrlarga to`lib ketdi. Bu haqda kimdir bilar, yana kimdir qisman eshitgan va yana kimdir umuman bilmaydi. Shuning uchun ushbu 3 oydan buyon sodir bo`layotgan katastrofni qisman yoritishga bel bog`ladim, zero bu voqeylik hammamizga juda kuchli “bong” bo`lmog`I, iqlim o`zgarishi nechog`liq haqiqat ekanligini tushunib yetishimiz darkor. Hozir kunga kelib Australiya qit`asida davom etayotgan yong`in ko`lami shunchalik kattaki, butun bir Manhettan shtatiga teng ya`ni 59.1 kv.km. Natijada Australiya poytaxti Kanberrada havo harorati 44 C ga ko`tarilib, havo haroratining 80 yillik rekordini “buzib o`tdi”.
O`t o`chiruvchilar va ko`ngillilar guruhi hayotlarini havf ostiga qo`yib yong`inni o`chirishga harakat qilishayotgan bo`lsada bugungi kunga qadar yong`in deyarli yarim milliard (480 million) hayvonlar va 8 ta inson hayotiga zomin bo`ldi va bundanda achinarlisi bu raqamlar har kuni oshib bormoqda.
Bodie Ashton ismli shaxs Twitter ijtimoiy tarmog`ida ushu tabiiy musibat daxshatlarini yaxshiroq yoritish maqsadida kunlik aniq ma`lumotlarni berib bormoqda. U yong`in qurbonlari hamda uning ko`lami to`g`risidagi ma`lumotlardan boshlaydi:
Keyin u Australiya hukumatining e`tiborsizligi vas hu qadar dollzarb bo`lgan masalani muhokama qilishni xohlamasligiga o`tadi. Bunga Australiya Bosh vazirining ta`til safari ham kiradi. Shu o`rinda Australiyadagi yong`inlarni kuzatib turganlar biladiki, Ashtonning e`tirozlarlari o`rinli va Adelayidada sodir bo`lgan yong`inlar aslida umuman sodir bo`lmasligi kerak edi. Bu yong`in o`chog`ini o`chirish uchun ishlatilgan millionlar aslida boshqa joylarda bu busibat bilan kurashayotgan odamlar uchun ishlatilishi kerak edi. Bundan tashqari, haroratning ko`tarilishi hamda voqeylikni naqadar jiddiy ekanligiga boshqa qarashlari bilan Bodie quyidagi postida bildiradi:
Viktoriya shtatining eng havfli hududlar uchun favqulodda holat e`lon qilinib, aholini evakuatsiya ishlari boshlangan. Quyidagi Sun`iy yo`ldoshdan olingan tasvirlarda Viktoriya va Yangi Janubiy Uelsdagi yong`inlardan tutun tarqalishini ko`rsatadi, bu Yangi Zelandiya hududiga teng maydon demakdir. Bir necha kun oldin Fazodan olingan suratda, kun bo`yi Australiyaning bazi hududlari yong`inlar natijasida qizil tusga kirgani, va bu holat yaqin kunlarda tugamasligini ko`rsatadi.
Oramizda “O`zimizning muammolar yetarlicha, Avstraliyadan gapirasan?!”- deydiganlar ham topiladi. Aslida bu Australiyada emas balki biz bugun yashab turgan dunyoda sodir bo`lmoqda.Va ertaga bizda ham sodir bo`lmasligiga hech kim kafolot bera olmaydi. Shuningdek, mening ishonchim komilki, agar biz hozirdan iqtisodiyotni rivojlantirishni ekologiya bilan birga olib bormas ekanmiz kelajakdagi farzandlarimiz oldida juda katta aybdor shaxs sifatida gavdalanib, ular oldida qanday javob berishni bilmay qolamiz. Va yana bir narsaga aminmanki, unchalik uzoq emas ya`ni 10 yildan so`ng hozirda iqtisodiy rivojlanishga urg`u berib, ekologiyani rad etib kelayotganlar barchasi ekologik muammolar bilan “kurashayotgan” bo`ladi. Agar shunday davom etsa, u vaqtda ancha kech bo`ladi. Men bu gaplarni shunchaki shaxsiy qarashlarimga asoslangan holda emas balki Iqlim O`zgarishi Bo`yicha Hukumatlararo Guruh (Intergovernmental Panel on Climate Changes) bergan ma`lumotlarga asoslanib aytmoqdaman. Bizda hali hammasi yaxshi deyoyotganlar bo`lsa, oddiy misol tariqasida ushbu havolaga kirib ko`rishlaringizni so`ragan bo`lardim.
Shu o`rinda mavzu yuzasidan yana bir narsani aytmoqchiman. Ayni damda, Australiyaga qanchadir miqdorda dalda berish maqsadida birqancha davlatlar imkoniyati darajasida yordam qo`llarini cho`zishmoqda. Kuni kecha Mongoliyalik kursdoshim bir maqolani men bilan ulashdi. Unda Mangoliya Australiyaga 45 000 dollar moliyaviy ko`mak bergani haqida yoritilgandi. Bir qarashda Butun bir davlat uchun 45000 dollar unchalik katta pul emasku deyishingiz mumkin. Lekin Mangoliyadek iqtisodiyoti nochor, aholisi qashshoqlikda yashayotgan davlat uchun bu haqiqiy jasorat aslida. Men bu gaplarim bilan biz ham yordam berishimiz kerak demoqchi emasman lekin yordam berilsa juda yaxshi bo`lar edi. Men bir iqlim o`zgarishiga, tabiatga befarq bo`lmagan ekolog qoleversa inson sifatida, Sizlardan Australiya uchun duo qilishlaringizni so`rab qolgan bo`lardim. Zero Alloh hamma narsaga qodir.
Jamshid Ergashev, Hohai universiteti magistranti