Masofaviy magistrlik himoyasi
Oliy ta'lim muassalari tizimidagi ilk qadam bakalavr bosqichi bo‘lsa, ikkinchi qadam magistrlik yo‘nalishidir. E'tirof etish joizki, bundan muvaffaqiyatli o‘tganlar ilm yo‘lidagi uchinchi, to‘rtinchi dovonlarni ham zabt etishga qobil va qodirdirlar. 2020-yil 8-iyun soat 10:00. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Pandemiya sharoitida Karantin choralariga amal qilgan holda masofaviy ta'lim, online ishlar hamda xodimlar faoliyati davom etmoqda. Bugun ayni mana shu soatda Institut rektorining 2020-yil 18-maydagi 346-A/F-sonli buyrug'ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Magistratura bo'limi, Iqtisodiyot kafedrasi 5A-232401- "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" magistratura mutaxassisligi bitiruvchi bosqich magistrantlari Magistrlik dissertatsiya ishi bo'yicha tasdiqlangan Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi raisi va a'zolari, ilmiy rahbarlar va professor o'qituvchilar ishtirokida online himoya jarayonini amalga oshirishdi.
Bugungi online himoya jarayonini Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Birinchi prorektori Mirzayev Bahodir Suyunovich o'z kirish so'zi bilan ochib berib, bugungi kunda ta'lim sohasidagi o'zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan shart-sharoitlar xususida to'xtalib o'tdi. Attestatsiya komissiyasi ishiga muvaffaqiyat hamda bitiruvchi magistrantlarga omad tiladi. 2019-2020-o'quv yilida institutda Magistrlik dissertatsiya ishi bo'yicha Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish magistratura mutaxassisligi tasdiqlangan va ishtirok etgan Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi raisi va a'zolari quyidagicha:
1.Sultonov.B.F - Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori, I.F.D
2.Qarshiyev.Sh.E - Toshkent Davlat Agrar universiteti Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti, I.F.N
3.Umarov.S.R - TIQXMMI, Iqtisodiyot kafedrasi professori, I.F.D
4.Sangirova.U.R - TIQXMMI, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, I.F.N, dotsent
5.Do'stmurodov.G'.D - TIQXMMI, Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, I.F.N
Online Magistrlik dissertatsiyasi himoyasida ishtirok etgan bitiruvchi magistrantlar
1. Berdimurodov Akmaljon Azamat o'g'li- "Qishloq xo'jaligini innovatsion rivojlantirish yo'llari" mavzusida
2.Madyarov Alisher Maxmud o'g'li - "Agroklasterlar asosida paxtachilikni samaradorligini oshirish yo'llari" mavzusida
3.Hafizov Bunyodjon Zayniddin o'g'li - "Активизация инновационных процессов в аграрном секторе экономики" mavzusida ishtirok etdilar. Shuningdek, online tarzda magistrantlar yaqinlari, do‘stlari va qarindoshlari ishtitok etishdi. Jarayonni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Xudayorov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i D.Xodjayev, Magistratura bo‘limi hodimi Sh.Azizov kuzatib bordilar.
Birinchi bo‘lish ham shataf, ham omad, ham mas‘uliyatdir.Qariyb, 3,5-yildan buyon institutda yoshlar bilan ishlash sohasida faoliyat olib borayotgan institut yoshlar yetakchisi birinchi bo‘lib, online Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini ko‘tarinki ruhda boshlab berdi hamda o‘z taqdimotini namoyish etdi. Akmal Berdimurodov mavzuni yoritish borasida ilmiy ishga daxldor manbalarni sinchiklab o‘rgangani a'lum bo‘ldi. Uning himoya jarayonida o‘z fikrini dadil aytib, muammolar borasida ibratli mulohazalarni o‘rtaga tashlaganidan ham buni bilish qiyin emas. O'ylaymizki, bu tashlangan ikkinchi qadam keyingi odimlarni ham qutlug‘ bo‘lishiga ishora desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aytish joizki, doktorantura bosqichiga ham yo‘llanma o‘rnida magistrlik himoyasi bo‘ldi. Biz uchovlonga ham keyingi ilmiy faoliyatda omad yor bo‘ishini tilab qolamiz. Uchala himoyadan so‘ng institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari va rektorat nomidan himoyada ishtirok etgan barcha komissiya a'zolari, ustozlar o‘zlarining iliq istak va tabriklardan tarkib topgan dil izhorlarini bildirishdi.