“O‘quv tanishuv” amaliyoti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq xo‘jaligi soxalari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ–3003-sonli va 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ – 3702 - sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 5410500 “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” (maxsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 7- iyundan o‘quv tanishuv amaliyotini boshladilar.

Talabalarning “O‘quv tanishuv” amaliyoti joriy yilning 07-iyundan 19-iyungacha TIQXMMI “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasining laboratoriya bazasida, hamda  "Magic DAR Alliance" MChJ da, “Samo produkt” MChJ da, “Milk House” QK MChJ da, Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “TOShKENTVINO KOMBINATI” Aksionerlik jamiyati, GDF “Agroxolding” korxonalarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu kungacha talabalar TIQXMMI “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasining laboratoriya bazasida va Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “TOShKENTVINO KOMBINATI” Aksionerlik jamiyatida amaliyotda bo‘ldilar. Amaliyot davom etmoqda.

                                   

 YOBIB dekan muovini  K.Usmonov

                            TIQXMMI matbuot xizmati