Millat tanlamas illatlarga qarshi
6 - dekabr kuni 2-Talabalar turar joyida "Diniy fundamentalizm va ekstremizim " mavzusida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni Ichki ishlar Vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari mayor Y.Sh Eshmirzayev Yuridik fanlar nomzodi katta leytenant M. Xaitov mavzuni keng yoritib berishdi.
Islom dinini niqob qilib odamlarni bir-biriga qarshi qo‘yib qon to‘kishni tashkil qilayotgan, amalda o‘zining huzur-halovatini o‘ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar Markaziy Osiyoda aqidaparastlar yoki ekstremistlar deb ataydilar. Ekstremist lotincha so‘z bo‘lib “o‘ta”, ya’ni ijtimoiy siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda, o‘ta keskin chora- tadbirlar fikr qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot. Ekstremizm mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy va xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Ekstremizmning siyosiy iqtisodiy va mafkuraviy ko’rinishlari mavjud bo‘lgani holda, u barcha dinlar doirasida rivojlangan.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan, diniy ekstremistlar qayerda faoliyat ko‘rsatmasin asosiy maqsadi diniy davlatni barpo etish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, yana qon to‘kish va zo‘ravonlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov buladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga kiritish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jikkanch usullardan foydalanadilar. Ekstremizm xavfi haqida to‘xtalib, aslini olganda, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar ancha serqirra, ular siyosiy ekstremizm, shu jumladan diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy mahdudlikni, etnik va millatlararo mahalliychilik va urug‘-aymog‘chilik asosidagi bid’atlarni, korrupsiya va jinoyatchilikni, ekologiya muammolarini o‘z ichiga oladi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan xulosa qilish mumkinki ekstremizm, aqidaparastlik, fanatizm, terrorizm garchi tarixiy kelib chiqishi va boshqa juziy jihatlari bilan bir-biridan farq qilsada, lekin bir-birini to‘ldirib kelgan. Diniy fundamentalizm va ekstremizm mavjud ekan, terrorizm xavfi va tahdidi hamma vaqt saqlanib qoladi. Zero, terrorizm o‘zining g‘oyaviy va mafkuraviy ozug‘ini ulardan oladi va ularga tayanadi.
Yoshlar bilan ishlash dekan muovini A.N Botirov, ET va EJF kafedrasi xodimlari: dotsent Xoliqnazarov.O'., Yunusov.R., Bayzakov.T. Assistent Matchonov.O., Yusupov Sh., Turdiboyev.A., Markayev.N., QSXET talabalari qatnashishdi.
Tarbiyachi - pedagog, psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov