Xotin – qizlar orasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalda

Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar masalalariga oid bir qancha o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarning samaradorligi, ularning sifati va natijaviyligi bo‘yicha institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Z. Ismailova o‘z fikrlarini bayon etdi. Bu masalada  deb ta’kidladi Z.Ismailova – biz tadbirlar sonini emas, balki bevosita xotin-qizlarning o‘qishi hamda ishlashi bilan birgalikdagi faoliyatlarini o‘rgangan holda, ularning muammolari, fikrlari, tavsiyalari, taklif-larini e’tiborga olib tashkil etishimiz, ular uchun qiziqarli va foydali bo‘lishiga qarab rejalashtirishimiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu borada biz va siz Kengash a’zolari o‘z vazifamizni odilona olib borishimiz lozim bo‘ladi. Har bir ayol xodimlar va talaba-qizlar orasiga kirishimiz, ularning muammolarini o‘rganishimiz, bevosita ularga institutimiz jamoat tashkilotlari tomonidan vaqtida yordamimizni berishimiz darkor. Shu bilan birga oldimizda juda katta mas’uliyatli tadbirlarimiz turganini, ularni yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko‘rib o‘tkazishga rejalarni aniqlab, taqsimlab olish va har bir fakultet kesimida o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi.

Bular birinchidan A.Oripovning yubileyiga tayyorgarlikda xotin-qizlarning faolligini ko‘rsata olish, Halqaro xotin-qizlar kuni tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish masalasi va “Sport go‘zali” mavzusida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish, eng asosiy yana bir tadbirimiz bu 2-3 mart kuni rejalashtirilayotgan 2021-yilda “I-xalqaro: Yangilanayotgan O‘zbekistonda  xotin - qizlarning  ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tengligi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidir. Bu nafaqat Respublika, balkim xalqaro miqyosidagi anjuman bo‘lganligi bizni yanada mas’uliyatimizni oshiradi. Bu borada barcha fakultet kesimida maqolalar topshirish, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba qizlarni jalb etish masalasiga e’tiborli bo‘lishimiz talab etiladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda dotsent U.Sangirova, dos. F.Qilichevalar tomonidan ishlarimiz va o‘tkaziladigan tadbirlarimizni samaradorligi biz tomonimizdan emas, balki ayol professor-o‘qituvchilarimiz va talaba – qizlarimizning faolligida va ularga berilgan va olingan natijaviylikda ekanligini yana bir bor ta’kidladilar. O‘ylaymizki, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimiz yil oxirida o‘z samarasini beradi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati