Xalqaro olimpiada - hamkorlik ta’lmning asosiy poydevori

2021-yil 9-aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Barqaror rivojlanish maqsadlari» bo‘yicha xalqaro olimpiadaning  milliy  bosqichi o‘z ishini boshladi. Olimpiadaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda kirish so‘zi bilan ishtirok etgan TIQXMMI rektori, prof. O‘.Umurzakov ushbu olimpiadaning maqsadi va ahamiyatini ochib berdi.  

Shuningdek olimpiadani ochilishida Qozoq-Nemes universiteti prorektori  Barbara Yanush-Pavletta, Orolni qutqarish jamg‘armasi rahbari Vadim Sokolov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidan Dinara Ajigalieva, Global suv hamkorligi tashkilotidan (GWP) Guldjamal Nurmuxamedova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda xalqaro olimpiada ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladilar.

Olimpiadaning 1-bosqichi online shaklda test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazildi va birinchi boqich natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilindi. G‘oliblar olimpiadaning 2-bosqichiga yo‘llanma oldilar. Xalqaro talabalar olimpiadasida mamlakatimizning 15 ta oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Xalqaro olimpiada yana 2 kun davom etadi. Olimpiadaning keyingi kunlarida, qatnashchilarni maxsus suv xo‘jaligi obyektlariga tashriflarini uyushtirish hamda olimpiadaning yo‘nalishlari bo‘yicha 2-bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.

TIQXMMI matbuot xizmati