TIQXMMIga umumiy qiymati 6,17 mlrd. so‘m bo‘lgan 2 ta fundamental loyihalarni bajarishga sertifikatlar berildi

2021 yilning 9 iyul kuni 9 ta fan yo‘nalishi kesimida Fanlar akademiyasi hamda 5 ta vazirlik tasarrufidagi 7 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 8 ta oliy ta’lim muassasasi, 7 ta ilmiy markaz tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 67,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 34 ta (20 ta amaliy, 14 ta fundamental) loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi (https://mininnovation.uz/uz/news/3256).

Ushbu tadbirda TIQXMMIda bajarilishi belgilangan ikkita fundamental loyihaga ham sertifikatlar olingan, jumladan:

  • Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professori, q.x.f.d. Xamidov Muxammadxon Xamidovichning ilmiy rahbarligida bajarilishi to‘rt yilga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 3,2 mlrd so‘m (yilliga 800 mln so‘m) bo‘lgan “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim o‘zarishini sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash va bashoratlash xamda GAT texnologiyasi asosida sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha;
  • Nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi professori, t.f.d., institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sultanov Toxirjon Zokirovichning ilmiy rahbarligida bajarilishi besh yilga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 2,97 mlrd so‘m (yilliga 593,74 mln so‘m) bo‘lgan “Gruntning namlanganlik va chiziqsiz filtratsiyani hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usulini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha.

Birinchi loyihaga Germaniyaning Leybnis nomli qishloq xo‘jaligi landshaftlari ilmiy-tadqiqot markazi (ZALF) katta ilmiy xodimi, t.f.d. Dagmar Balla, ikkinchi loyixaga Germaniyaning Yer tadqiqotlari markazi “O‘rta Osiyoda suv” loyihasi rahbari, Dr.(PhD) Abrorjon G‘ofurovlarning hamraxbarlik qilishlari belgilangan. Shuningdek loyixalarning yillik ish rejalari tuzilib, tasdiqlanib, vaqtinchalik ijodiy jamoalari tarkibi shakllantirilgan. Loyihalarni bajarish davomiyligida kafedralarning moddiy texnik bazalarini kuchaytirish, zamonaviylashtirish hamda tadqiqotlar doirasida respublikada va xorijiy xizmat safarlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Ma’lumki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda (https://mininnovation.uz/uz/news/3256).

 

 

ITI va IPKT bo‘limi boshlig‘i, prof. B.Matyakubov
TIQXMMI matbuot xizmati