Yozgi maktab taassurotlari

O’zbekistonni, uning maorifi va ilmiy an’analarini chet elda munosib taqdim etishda mamlakatning yosh avlodlari katta ro’l o’ynaydi. Institutimiz talabalari o’z mutaхassisliklari bo’yicha zamonaviy bilimlarni egallash, qobilyatlarini yuksaltirish va nafaqat yurtimiz, balki chet el mamlakatlarida buni yoritishda o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda.      

Bu kabi institutimiz talabalaridan biri Gidromelioratsiya fakulteti 416-guruh talabasi Otaxanova Olimaxon Adxam qizi. Janubiy Koreya va O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida mustahkam do’stlik aloqalarini o’rnatish, bilim va malakalarini almashishni maqsad qilgan Koreya Respublikasi “NIIED” Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan, Seul shahrida  bo’lib o’tgan “GKS-2019 for Central Asian Undergraduate students” akademik yozgi maktabida  munosib ishtirok etdi.      

Ushbu Yozgi maktab 11-iyuldan 14-avgustga qadar davom etdi va 80dan ortiq O‘rta Osiyo (ulardan 11kishi O’zbekistonlik) talabalarini qamrab oldi. Loyiha davomida talabalarga mutaxassisliklari bo’yicha Koreya tajribasidan bilimlar, Koreys tili bo’yicha darslar, Koreya ko’hna tarixi, an’analari va qadamjolariga,  bulardan Gyeongju,  Gumi, Daegu, Bueyo, Iksan, Busan shaharlariga sayohatlar uyushtirildi. Loyiha davomida qatnashchilarga O’rta Osiyoga aloqador bo’lgan global muammolar va ularni yechishga turli kalit elementlar taqdim etildi. Ulardan oqilona foydalangan holda O’zbekistonlik “Aral Sea Monitoring” jamoasi qisqa muddat ichida berilgan element ya’ni “Dron” yordamida muammoga o’z qarashlarini bildirishdi va Yozgi maktab yakunida Konkuk Universitetida talabamiz Otaxanova Olimaxon tomonidan loyiha taqdimot qilinib talanbalar tomonidan tayyorlamgan poster bo’yicha savol javoblar o’tkazildi.    

 

GKS-2019 yopilish marosimida talabamiz boshchiligidagi jamoa 1-o’ringa loyiq deb topildi hamda g’oliblik sertifikatlari va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Koreyalik professor va hakamlar tomonidan talabalarimiz namoyish etgan loyiha va Orol muammosiga yondashuvga katta qiziqish bildirildi va kelgusida bu borada birga ish olib borishga mustahkam aloqalar o’rnatildi.

Institut Matbuot markazi rahbari R. Jumaniyozov