Yevropalik hamkorlar bilan Bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura dasturini joriy qilish bo‘yicha birinchi qadam
Bioqtisodiyot Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi tarmoq bo‘lib, Yevropa va AQShda yaqin o‘tmishdan boshlab qo‘llanilib kelinyapti. Bioiqtisodiyot - qayta tiklanadigan biologik resurslarni ishlab chiqarish va ushbu resurslarni hamda chiqindilarni oziq-ovqat, ozuqa, biologik mahsulotlar va bioenergetika kabi qo‘shimcha qiymatga aylantirishdan iborat. Ushbu loyiha 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Erasmus+’ning salohiyatni oshirish dasturi doirasida amalga oshiriladi. Loyiha maqsadi O‘zbekistondagi hamkor universitetlarida Bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura dasturini joriy qilish hisoblanadi.
Bugun Finlyandiyaning Latviyaning hayotiy fanlar va texnologiyalar universitetidan rektori Irina Pilvere, Irina Kulitane, Yuviskale amaliy fanlar universitetidan Kirsi Knuuttila, Litvaning Vitautas Magnus universitetidan Viliya Aleknevichin, Sandiya Zeverte-Rivza, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan Ulug‘bek Xodiev, Qishloq xo‘jaligi vazirligidan Xusniddin Mardonov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan Sherzod Raxmonov, Toshkent davlat agrar universitetidan Sanjar Adilov, Buxoro davlat universitetidan prorektor Abror Jo‘raev, O‘zbekiston Agro-axborot va innovatsiyalar markazidan Mirzoxid Yo‘ldoshev ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni Latviyaning hayotiy fanlar va texnologiyalar universitetidan rektori Irina Pilvere ochib berdi va loyihani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi. Irina Kulitane vazirlik vakillariga so‘z berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirlik vakili so‘zga chiqib, bioiqtisodiyot qishloq xo‘jalik tarmog‘ini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi. Qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilishda zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarini tayyorlash muhim ekanligini hamda ushbu jarayonni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlik tomonidan amaliy qo‘llab-quvvatalashini ta’kidlab o‘tildi. Loyiha davomida bajariladigan vazifalar hamda navbatdagi uchrashuvga o‘zaro kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati