Innovatsiya va investitsiya - taraqqiyot elchisi

Joriy yilning 7-fevral kuni barqaror rivojlanish bo’yicha Innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqotlar klasterida TIQXMMI rektori rofessor  Umurzakov  O’ktam Pardayevich Oliy Majlis Senati a’zosi senator Nurmuhamed Achilov, Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Azimjon Nazarov va Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorligi (MOMIH) Instituti direktori o’rinbosari d-r Iskandar Abdullaevning Buxorolik talaba yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvni rektor O’ktam Umurzakov kirish so’zlari bilan ochib berdi va uchrashuv tashabbuskorlariga alohida o’z minnatdorliklarini bildirdilar. Shundan so’ng, uchrashuv tashabbuskori Senator Nurmuxamed Achilov mazkur uchrashuvdan kutgan natijalari va maqsadlari, talabalarni jamiyat rivoji ishlariga qanday jalb qilish re’jalari to’g’risida so’zladi.  Innovatsiya va ilmiy tatqiqodlar klasteri rahbari Shaxboz Axmedov ham o’tgan bir yil davomida  klasterda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirib o’tdi . 

Uchrashuv davomida rektor O’ktam Pardayevich Umurzakov Buxoro viloyati yoshlari orasida innovatsiya va ilmiy tushunchalarni keng targ’ib qilish va ularning yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlarga o’z hissasini qo’shishlari uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan hamkorliklar yuzasidan o’z takliflarini bildirdi. Senator Nurmuhamed Achilov bildirilgan takliflarni qo’llab quvvatlagan holda , Buxorolik yoshlarga Olot tumanida tekstil klasterini rivojlantirishda uni ilm-fan bilan bog’lash, bitiruvchi magistrantlarni ish bilan ta’minlash va TIQXMII bitiruvchi talabalarini Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishiga jalb qilishga tayyor ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Shu jumladan, MOMIH instituti direktori o’rinbosari Iskandar Abdullayev va Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Azimjon Nazarov ham Innovatsiya – Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri, TIQXMMI va Buxoro yoshlari o’rtasida keng-ko’lamli hamkorlikni boshlashni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirgan holda talaba yoshlarga o’z maslahat va tavsiyalarini berdilar. D-r Iskandar Abdullaev xorijiy tashkilot vakili sifatida xalqaro ko’nikmalarni va ilg’or tajribalarni olib kirishni taklif kiritgan bo’lsa, Azimjon Nazarov mazkur harkatlarga davlat va xususiy sherikchilikni yurtimizda yuqori bosqichga olib chiquvchi yana bir tashabbus deya baho berdi. Bo’lib o’tgan uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Uchrashuv yakunida, Innovatsiya klasterining startaplar uchun akseleratsiya dasturida g’olib bo’lgan VIOM loyihasi mualliflari o’z loyihalarining maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi va endilikda bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlarga nafaqat Buxorolik yoshlarni balki butun Respublika yoshlarini jalb qilishga kelishib olindi.  

 

 

Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov