Murojaatnomaning mazmun-mohiyati
Har bir tarixiy hujjat xalq eʼtiboriga havola etiladi. Uning mazmuni izohlanadi, keng jamoatchilik ommasiga yetkaziladi. Bu targʻibotning tub asosini tashkil etadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasini keng ravishda oʻrganish va targʻibot qilish ayni kunlarda dolzarb vazifalardan biridir. Joriy yilning 9 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yoʻnalishi tinglovchilari ishtirokida maʼruzachi tarix fanlari doktori Anvar Yuldashevning ochiq darsi ana shu mavzuga bagʻishlandi.
PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov