Iqlim o‘zgarishini baholashda muzliklarning ahamiyati
Markaziy Osiyoning ko‘pchilik daryolari qor va muz suvlari hisobiga to‘yinadi. Muzliklardagi kichik o‘zgarishlar ham kelajakda kutilayotgan suv tanqisligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishi hech kimga sir emas. Aynan shu sababli keyingi yillarda ayniqsa, ko‘p yillik qor va muzliklarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
2018 yilning 26 avgust 6 sentyabr kunlari “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. M. Qodirov Shveysariyaning CICADA loyihasi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida “Muzliklar massa-balansi” mavzusidagi yozgi maktabda ishtirok etdi. Yozgi maktabning asosiy maqsadi muzliklar massa-balansining o‘zgarishini baholash edi.
Shu munosabat bilan 5 oktyabrda institutga qarashli 3 - TTJ da 6 - qavatda yashovchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Iqlim o‘zgarishida muzliklarning ahamiyati” mavzusidagi muloqotda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. Qodirov ushbu yozgi maktab tafsilotlari bilan fikr almashishdi.
Tadbir juda qiziqarli va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olib mamnun bo‘lishdi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi laboratoriya mudiri Xayrullo Kabilov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov